82
sanaladi. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun
barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til, shu tilning muayyan
shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi – nutqdir. Og‘zaki
nutq bevosita, yozma nutq bavosita amalga oshiriladi.
Til va nutq umumiylik – xususiylik, imkoniyat – voqelik, mohiyat-hodisa
qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har
bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi. Tilning
fonologik (fonetik) sathi birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan,
quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi
fon (allofon)
yoki
tovush
hisoblanadi.
Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning
qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til
adabiy
til
sanaladi. Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon
qilgan til shakli
Dostları ilə paylaş: