69
ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon
mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir
tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar.
Dunyodagi
aksar
tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe, ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar
yozuvi asosida shakllangan.
Inson tili juda ko‘p avlodlarni qamrab olgani uchun biror inson bolasi
o‘zi yashab o‘sayotgan muhitning tilini o‘rganmasdan ulg‘aya olmaydi. Ammo
birorta bola ham o‘qish yoki yozishni shunchaki kuzatish orqali o‘rgana
olmaydi: buning uchun batafsil ta’lim zarur bo‘ladi.
Ingliz tilidagi o‘tgan zamon morfemasi shartli “t” va “d” allomorflariga
ega. Har bir tilda ma’lum fonemalar borki, ular boshqa tillardan o‘zlashgan
bo‘ladi. Har bir morfema fonemalar bilan ifodalanadi; nutqning har bir birligi
morfemalardan, morfemalar esa fonemalardan tashkil topadi.
Yozuv og‘zaki tildan bir qancha belgilarga ko‘ra farq qiladi.
Birinchidan, yozuv tizimlari tillardan farqli o‘laroq, turlicha qo‘llanadi. Turli
yozuv tizimlari tovush tizimlariga turlicha bog‘langan.
Ikkinchidan, Amerika strukturalistlari yozuvni tilning subtuzimi
Dostları ilə paylaş: