A b s t r a c t a r t I c L e I n f o


Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities



Yüklə 30,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü30,33 Kb.
#158370
1   2   3
33 (34) (2)

Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 
Volume 6, May, 2022 
 
133 
https://periodica.com
tibbiyotning murakkab soxalaridan biri ekanligini ko’rsatadi va kasb kasalliklarining diagnostikasini 
obyektivlashtirish uchun o’ziga xos usullarni ishlab chiqish va foydalanishni talab etadi.
Kasb kasalliklari 2ta guruhga bo’linadi:1-guruhga faqat kasb kasalliklarining o’zi kiradi.Bunda hastaliklarni 
keltirib chiqaradigan omillar asosiy o’rin egallaydi.Bu kasaliklar faqat ishlab ciqarish sharoitlarida rivojlanadi 
va o’ziga xos kilinik belgilar bilan ifodalanadi.Tebranish asorati sababli yuz beradigan,silikoz,benzol va 
qo’rg’oshin tasiridan kelib chiqadigan surunkali zaxarlanish hollari shular qatoriga kiradi.2-guruhga o’ziga 
xos bo’lmagan(nospetsifik)kasb kasalliklari kiradi.Ma’lum bir zararli omilga ega bo’lgan ishlab chiqarish 
sharoitlarida vujudga kelgan umumiy xastaliklar shular jumlasidandir.Bronxial astma,sil kasalligi,enfisema 
va shu kabilar ham shu guruhga mansub.
Kasb kasaliklarini aniqlashda quyidagi qonun qoidalarga amal qilish zarur bo’ladi: 
1.Bemorni kasbini to’lliq tahlil qilish va mehnat faoliyati jarayonida ishchiga zararli omillarning nechog’li 
tasir ko’rsatishini,ularni ta’sir qilish muddati,shuningdek ilgari boshdan kechirgan umumiy yoki kasbga oid 
kasalliklarni aniqlash kerak. 
2.Bemorning bajaradigan ishining va mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifi bilan tanishish lozim. 
3.Bemordan olingan ma’lumotlar rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 
4.Maskur kasb kasalligida kuzatiladigan,lekin umumiy kasalliklarda ham uchrab turadigan nospetsifik klinink 
belgilarni hisobga olib(masalan, qo’rg’oshin va organik moddalar tasiridan kelib chiqqan kasalliklarga alohida 
kamqonlik alomatlari va boshqalar). 
5.Ayrim kimyoviy moddalarga nisbatan organizmning oziga xos reaktivligini teri orqali aniqlash. 
6.Patalogik jarayonning dinamik rivojlanishini o’rganish,ya’ni zararli omilning ta’siri to’xtatilgandan keyin 
g’ayritabiiy yo’qolish va boshqalar. 
Tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq kasb kasaliklari 7 guruhga ajratiladi: 
1.Kimyoviy omillar tasirida yuzaga keladigan kasaliklar:ta’siri turli troplikka ega o’tkir surunkali 
intoksikatsiyalar. 
2.Sanoat 
aerozollari 
ta’sirida 
yuzaga 
keladigan 
kasalliklar:pnevmokoniozlar,changli 
bronxitlar,rinofaringolaringitlar,allergiyalar. 
3.Fizik omillar tasirida yuzaga keladigan kasalliklar:kesson kasalligi, o’tkir,surunkali issiq urishi,shovqin 
,vibratsion kasallik. 
4.Alohida a’zolar va tizimlarning ortiqcha zo’riqishi va ortiqcha keskinlikda ishlashi bilan bo’g’liq 
kasalliklar:koortinatorli 
nevrozlar(sut 
sog’uvchilarda,skripkachilarda,linotipistlarda) 
radikulitlar,artrozlar,bursitlar. 
5.Biologik omillar tasiriga bog’liq kasalliklar:infeksion va parazitar kasalliklar. 
6.Allergik kasalliklar:kon’yuktivitlar,rinitlar,bronxial astma,dermatitlar,egzemalar va boshqalar. 
7.Yangi hosil bo’lgan o’smalar:kelib chiqishi fizik kimyoviy tabiatga ega konsiragenlar bilan ishlaganda 
yuzaga kelgan xavfli o’smalar. 
Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi,sog’lomlashtiruvchi tibbiy chora-tadbirlarning o’tkazilishi,sog’lom 
tarzida yashash prinsiplarining hayotga tadbiq qilinishi natijasida kasb kasalliklarining ko’pchilik 
shakllari(silikoz va boshqa pnevmakoniozlar,pestitsidlarda o’tkir zaharlanishlar,teri kasbiy kasalliklari va 
boshqalarning ) oldini olishga muvofaq bo’lindi. 
Kasb kasalliklarining praflikatsiyasi mehnat shartlarini sog’lomlashtirishning muhandislik-texnik vositalarini 
ishlab chiqishda ishtirok etish,gigiyenik normativlar,boshqa sanitara qonunchilikni ishlab chiqish,mehnatni 
ilmiy tashkil qilish, oldini oluvchi joriy sanitarya nazorat,mehnat jamoasi o’rtasida sanitarya-ta’lim va 
profilaktik 
ishlar(sanitariya 
qoidalariga,xavfsizlik 
texnik 
qoidalariga,maxsus 
kiyimdan 
foydalanishga,individual himoya vositalaridan foydalanishga,davolash-profilaktika ovqatlanishiga,suyuqlik 
rejimiga o’tishiga)qatiy rioya qilish kerak. 

Yüklə 30,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin