123
haqiqiy bilimlar hazinasi hisoblanadi. Uning yordami bilan siz kompaniyaning
ichki tekshiruvini saqlab qolasiz va o‘stirasiz.
Management - boshqaruv. LMS da kurslar bilan birga ta’lim oluvchilarni ham
boshqarish mumkin.
Fayl ayirboshlashdan farqli ravishda, LMS bu nafaqat fayllar uyumi,
balki
jarayonni boshqarishingiz mumkin bo‘lgan yaxshi tashkillashtirilgan tizimdir.
O‘qishni boshlash uchun xodimlarni qo‘shish va ularga kurslar tayinlashning o‘zi
yetarli.Yangi xodimlarni ishga qabul qildingizmi? Ularga kirish kursini o‘tish
uchun elektron sinfga taklifnomalar jo‘nating. Savdo sustlashdimi? Menejerlarni
virtual mijozlar bilan ishlash amaliyotiga yuboring. Axir boshqaruv bu o‘qishdagi
muvaffaqiyatlar aloqasi va kundalik biznes-topshiriqlarning yechimini ham o‘z
ichiga oladi.System - elektron tizimdir. Xodimlaringiz hatto turli shaharlarda
joylashgan bo‘lsa ham, ularning barchasini ofisingizdan chiqmagan holda
o‘qitishingiz mumkin. Bundan tashqari, LMS barcha zerikarli va hamisha bir xil
ishlarni avtomatlashtiradi:
testlarni tekshirish, statistika jamlash va hisobotlarni
tayyorlash.
Kelib chiqadiki, LMS sizning shaxsiy onlayn universitetingizga o‘xshash
narsa. Tizim sizga elektron kurslarni yaratish va saqlashga yordam beradi, ta’lim
oluvchilarga kirish huquqini beradi va natijalarni baholashga yordam beradi.
LMS qanday vazifani yechadi?LMS - dan foydalanishning yaqqol afzalliklari
shundaki, bunday tizim trenerlarning xizmat safarlarida sarflanadigan vaqt va pulni
tejaydi, filiallarda ishlashning yagona standartlariga rioya qilishga,
individual
rivojlanish rejalarini tuzishga va o‘zlashtirishning yaqqol statistikasini olishga
yordam beradi.Quyida kompaniyalar LMS yordamida samarali hal etadigan
vazifalarga misollar keltirilgan:• Yangi ishchilarning moslashuvi
• Xodimlarni muntazam o‘qitish
• Filiallardagi xodimlarni o‘qitish
• Attestatsiyani o‘tkazish
• Kadrlar zaxirasini tayyorlash
• Yagona ichki ma’lumot bazasini yaratish
• Xodimlar va mijozlarni o‘qitishLMS yordamida ta’limni barpo qilishKeling,
LMS yordamida o‘qishni qanday tashkil qilishni iSpring Learn misolida ko‘rib
chiqamiz.iSpring Learn - onlayn baza xizmati, ya’ni siz dasturni yuklab olish,
o‘rnatish yoki sozlashingiz shart emasligini anglatadi.
Buning uchun faqatgina
Internetga ulanish va kompaniyaning akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.
Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari,
o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o‘qitish
tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi.
124
Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quwatlash
uchun
keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o‘quv materiallarini turli usullarda berish,
bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati.
Moodle da 15 tipli interaktiv o‘quv materiallari ko‘rib chiqilgan. Bu tiplarning
har biri ko‘plab imkoniyat va xususiyatlarga ega.
SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o‘quv materiallarini boshqa
dasturlarda yaratishga ruxsat beradi.
Wiki (Wiki) - qo‘shiladigan, kengaytiriladigan va o‘zgartiriladigan hujjat
ustida hamkorlikda ishlashga ruxsat beradi.
Anketalar - ixtiyoriy ko‘rinishda
ishlatish mumkin, masalan, kursni yaratishni
optimallash uchun.
Ma'lumotlar bazasi - formati va strukturasi cheklanmagan.
Glossariy - kursning barcha hujjatlari bo‘yicha havolalarni avtomatik tashkil
qiladigan ta'riflar ro‘yxati. Agar ta'rif glossariyga kiritilgan bo‘lsa, u holda agar u
kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatik
ta'minlanadi.
Topshiriq (4 tipli) - o‘qituvchi javobni elektron ko‘rinishda olish uchun
ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).'
Ma'ruza - har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‘lgan savol bilan
tugaydigan sahifalar to‘plami. Javobning to‘g‘riligiga bog‘liq holda, talaba keyingi
sahifaga o‘tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta'lim yo‘nalishini aniqlashni va
o‘qitiladigan fan tushunarsiz bo‘lib qolmasligini ta'minlaydi.
So‘rovlar - talabalarning ovoz berishi.
Sharh - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari - berilgan mavzu bo‘yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi.
Masalan, ma'ruza audioyozuvini yuklashda u
mediaproigrivatel sifatida
tasvirlanadi.
Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar - turli variantli testlar to‘plami. Savollar bir nechta variantli
javoblardan, to‘g‘ri/noto‘g‘ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan
iborat bo‘lishi mumkin.
Forum - forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‘z mavzusi,
standart muzokara).
Chat - real vaqtdagi muzokara.
Materiallarning ba'zilari talaba va o‘qituvchi hamkorligiga, ba'zilari esa
talabalarning hamkorligiga asoslangan. Yana ko‘plab qo‘shimcha plaginlar va
modullar mavjud.
125
Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o‘qitish uchun
ishlatishmoqda.
Moodle MO‘T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro‘yxatdan
o‘tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta'lim portallariga ega va 300 dan ziyod
dasturchilarni birlashtiradi
Dostları ilə paylaş: