B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Zardo‘zlik. 
Zar ip va ipakdan to ‘qilgan qimm atbaho m ate­
rial — gazmollarga zarlangan ip bilan gul, naqsh va boshqa 
tasvirlar kompozitsiyasini tikish san’ati — 
zardo ‘zlik
deyiladi.
31


Bu san’at eramizning I — II asrlaridan m a’lum bo ‘lib, bu 
0 ‘rta Osiyo xalqlanda shakllandi va rivojlandi. Ayniqsa, Buxoro 
zardo‘zligi o‘ziga xos uslub va yo'nalishda rivojlandi, takomillashdi. 
Zardo‘zlik ikki turda b o ‘lib, ikki usulda yaratiladi:
1.
Zamindo‘zi
— zar tikiladigan naqsh yoki gulning tagi — 
materiali ham zar ip bilan tikiladi.
2. 
Guido ‘zi
— zar tikiladigan naqsh, gul yoki tasviming tagi 
(foni) — y a’ni tasvir tikiladigan yuzaga hech qanday ishlov 
berilmay, naqsh va gullar zar ip bilan tikiladi.
San’atning bu turi o ‘zining vatani bo ‘lmish mashhur Buxoroda 
bugungi kunda ham o ‘ziga xos yo'nalishda ravnaq topmoqda.
Hozirgi kunda Buxoroda ikkita zardo‘zlik koixonasi bo‘lib, 
ularda zar do ‘ppi, nim cha, telpak, chopon, maxsi va boshqa 
sovg‘a-yodgorlik buyumlari tayyorlanmoqda. Bugungi kunda juda 
k o ‘p xonad o n lard a, m uzeylarda, b u san ’at durdonalarining 
ajoyib, yuksak did bilan sayqal berib yaratilgan buyum larini 
uchratamiz. Xalqimiz madaniyatining rivojlanishi, ko‘rkam kiyi- 
nishimizda, turmushimizning go‘zallashib borishida bu san’atning 
o ‘ziga xos о ‘m i va mavqeyi albatta tahsinga sazovordir.
Gazlamaga gul bosish. 
M a’lumki, gazlamalar to ‘qilganidan 
so‘ng unga maxsus ishlov beriladi. G azlam aning tuki to ‘kilib, 
tekislanadi (ya’ni ohori to ‘kiladi), so‘ngra bo‘yaladi. Shuningdek, 
gazlamalar nim a maqsadda ishlatiUshiga qarab, ularga gul bosiladi.
Ya’ni gazlamaning o ‘ng tom oniga turli ranglar bilan maxsus 
mashinalar (Jakkard dastgohida) yordamida gullar bosiladi.
M a’lumki, o'zbek gazlamachiligida alohida o ‘rin egallaydigan 
m ato — 
atlasdir.
Atlas — arabcha so‘zdan olingan bo ‘lib, tuksiz, 
silliq, o ‘rimi ham , arqog‘i ham tabiiy ipakdan to ‘qiladigan gazla- 
m adir. A tlasga gul va naq sh lar rangli ipaklar, y a ’n i uning 
to ‘qilishidayoq rangli iplar bilan gul bosiladi. Atlasga tushiriladigan 
bezak — naqshlar uning ishlatilishi, foydalanish o ‘m iga ko ‘ra 
rassomlar tom onidan tayyorlanadi. Shu naqsh va gullar bo ‘yicha 
maxsus rangli iplar tayyorlanadi.
0 ‘zbek atlasining shuhrati jahonga tarqaldi. Bu o ‘rinda M ar- 
g‘ilon, N am angan, Q o‘qon, Andijon va Sam arqand atlas fir- 
malarida yaratilayotgan naqshinkor atlaslar o ‘zining maftunkor,


mayin, g‘oyat chiroyli naqsh va ko‘rinishlari bilan alohida ajralib 
turadi. Bugungi kunda o ‘zbek atlasining „Qora atlas“ , „Bargi- 
k a ra m “ , „ X o siy a tx o n “ , ,,N a m a n g a n “ , „ N am o z sh o m g u l“ , 
,,Y ah u d iy “ , ,,N o d ira “ , ,,N u rx o n “ , ,,M arg ‘ilo n “ , ,,L ay li“ , 
,,S hirin“ , „Yangi T osh k en t“ , ,,S aodat“ , ,,Lola“ kabi turlari 
mamlakatimizdagina emas, chet ellarda ham kishilar e ’tiborini 
o ‘ziga jalb qilmoqda.
0 ‘zbekistonda ham m a turdagi gazlamalar to ‘qiladi va ularga 
rassomlaming klassik va hozirgi zam on uslubi, shakl va ranglari 
vositasida tayy o rlan g an gul va bezaklar bosiladi. U larning 
ko‘pchiligidastgohlardabosiladi. Gul va naqshlami yaratishda bezak 
va tasvirlar tabiat materiallaridan (barg, gul, shoxchalar, meva- 
sabzavotlardan), qush va hayvonlar tasviridan, ro‘zg‘or buyum- 
lari va boshqa predm etlar tasviridan foydalaniladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin