B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

1.5. DIZAYN SAN’ATI
Dizayn san’ati amaliy, badiiy va grafik san’atdan iborat bo‘Iadi. 
Bu san’at, asosan, texnika va uning taraqqiyoti yo‘lida xizmat 
qiladi. Shu boisdan uni „sanoat estetikasi“ yoki „texnika san’ati“ 
deb ham yuritiladi.
M a’lumki, texnika odam lar m ehnatini yengillashtirish va 
ular uchun qulay imkoniyatlar yaratishning m uhim omilidir.
Texnikaning sodda, qulay va ko‘rkamligi ishchining m ehnat 
sharoitini yaxshilaydi, kayfiyatini oshiradi. Shu boisdan m ehnat 
qurollari, ro ‘zg‘or buyum lari, texnika vositalari, uning yangi 
shakl va turlarining yaratilishi jam iyat iqtisodi ham da moddiy- 
m a’naviy hayotini boshqarishda m uhim rol o ‘ynaydi.
M a’lumki, ro ‘zg‘or buyumlaridan tortib, m oddiy-m a’naviy 
buyumlar, m ehnat qurollari, transport, texnika, ishlab chiqarish 
vositalari va mexanizatsiyaning barcha avlodi sanoat mahsulotlari 
hisoblanadi. C hunki, ularning barchasi zavod-fabrikalarda, 
ustaxona ham da sexlarda tayyorlanadi.
Dizayn san’ati fani — tasviriy san’atning eng yangi turlaridan 
b o ‘lib, u rassom -konstruktorlik san’atidan iboratdir. Bu san’at 
fanini asosan sanoatni badiiy loyihalash faoliyatining nazariy 
asosi, uning ijtim oiy-iqtisodiy va tarixiy taraqqiyoti qonuniyat-
3 — B.N.Oripov
33


lari, shuningdek, badiiy loyihalashning prinsip ham da uslublari, 
konstruktor rassom larning ijodiy faoliyatlari kabi m asalalarni 
o ‘rganadi.
Dizayn san’ati um um iy va badiiy loyihalash san’atidan iborat 
b o ‘lib, u mashinalar, texnika vositalari, bino fasadlari, devorlari, 
qo‘l asboblarini, ro ‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklaming yan- 
gidan yangi turlarini yaratadi. Dizayn san’ati bu yaratishni inson 
m ehnati bilan go'zallikni yonm a-yon q o ‘ygan holda amalga 
oshiradi. Bu o ‘z o ‘m ida kishilami shinam, qulay yashashga, sama- 
rali m ehnat qilishga o ‘rgatadi va ulam i yuksak didli, mehnatga 
muhabbatli, m a’naviy-madaniyatli, tabiat ham da jamiyat go‘zal- 
ligiga yuksak ehtirosli qilib tarbiyalaydi.
0 ‘zbekiston Prezidentining k o ‘rsatm asi asosida mustaqil 
0 ‘zbekistonning texnika estetikasi ilmiy tadqiqot instituti va 
„Milliy san’at va dizayn in stitu te tashkil etildi. Bu institutlar 
sanoat estetikasi va texnika san’atining nazariy-amaliy masalalari 
va bu soha bo‘yicha milliy xabarlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin