B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

1.6. FOTO SAN’ATI
Fotografiya. 
Fotografiya san’ati — real borliqni aniq, o ‘zidek 
(natura holida), hech qanday qo‘shim chalar kiritmay, fan va 
texnika vositalaridan foydalangan holda ifoda etish san’atidir.
So‘nggi yillarda fotografiya texnikasining yuksak darajada 
ravnaq topishi va shu soha vakillarining yaratuvchanlik va m aho- 
ratlari tufayli fotografiya asarlari odam lar diqqatini o ‘ziga jalb 
etmoqda. Fotografiya san’atini tasviriy san’atning bir turi deb 
qarash mumkin. Chunki, bu san’at ham odamlaming m a’lum 
ehtiyojini qondiradi.
Fotografiya san’ati ham tasviriy san’at kabi o ‘zining tu r va 
janrlariga ega. U ning portret, manzara, turm ush, tarixiy janrlari 
mavjud.
Fotografiya san’ati XIX asming 30- yillaridan boshlab rivoj- 
langan bo ‘lsa-da, bugungi kunda u kino, televideniya, kitob bosish, 
gazeta-jum allar nashrida, qadimgi tariximizni o ‘rganishda ham
y o ‘qotilgan izlarni topishda (krem anilistlarga) ham , bugungi 
tariximizni yaratishda ham samarali vosita bo ‘lib qolmoqda.


1.7. IKEBANA SAN’ATI
Ikebana 
— tasviriy san ’atning bir tu ri b o ‘lib, yaponcha 
„tirik gullarning badiiy kom pozitsiyasi“ dem akdir. Ikebana 
san ’ati odam larga ijobiy ruhiy kayfiyat baxsh etadi. Insoniyatni 
borliqqa, tabiatga, m ehnatga m uhabbat ruhida tarbiyalaydi. 
Kishilarning estetik va badiiy didini o'stiradi, m ehnatga, ijodga 
ilhom lantiradi.
Ikebana san’ati o ‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra boshqa 
\
san’atdan farq qilib, u ko‘proq haykaltaroshhk san’atiga yaqin 
turadi. Chunki, bu san’at kompozitsiyasini bir tom ondan emas, 
uni aylanib, har tom ondan ko‘rish va tom osha qilish imkoniyati 
mavjuddir.
Ikebana san’ati kishilami yashash joylariga (xona, m ehm on- 
xona, um u m iy yo to q x o n alar kabi), o ‘quv, ilm iy m uassasa 
x onalari (bolalar m uassasalari, m aktablarning sinfxonalari, 
auditoriya, ilmiy laboratoriya, kabinetlar, kafedra xonalari) ga, 
m ehnat va ish o ‘rinlari (fabrika, ustaxonalar, ularning zal va 
yo‘laklari), madaniy muassasalar, sog'liqni saqlash muassasalari 
va dam olish uylari, kino-teatr kabilarni bezatishda keng qo‘lla- 

niladigan eng qulay ham da jonli, tarbiyaviy san’at vositasidir.
Bu san’at bezatish vositasigina bo ‘Iib qolmay, yaponlaming 
ta ’riflashicha, u tabiatning bir kichik qismini m ohir rassomning 
yuksak m ahorati bilan istalgan joyda, istalgan davrda, istalgan 
sharoitda barpo etish yoki yaratishdir.
Ikebana ishlatilish joyiga yoki obyektiga ko‘ra turli materiallar- 
dan foydalanib, turli uslublarda tayyorlanadi.
Ikebana kompozitsiyasi uchta — gul, barg, shoxcha ele- 
m entlaridan tashkil topgan bo ‘lib, bu elem entlaming uch holati 
kompozitsiya butunligini, yaxlitligi, m azm uni va chiroyini ifoda 
etadi. Kompozitsiya elementlarining birinchisi — kompozitsiyadagi 
eng uzun, baland hajmli shoxcha b o ‘lib, u butun kom pozit- 
siyaning mazm uni va xarakterini ifodalaydi; ikkinchisi — kom ­
pozitsiyadagi o ‘rtacha uzunlikdagi shoxcha yoki gul (barg) bo ‘lib, 
bu kompozitsiya m azm unini to ‘ldirishda, rang va proporsiya 
birligini ta ’minlaydi; uchinchisi — elem entlar ichida eng kichigi
35


b o ‘lib, u kompozitsiya mavzusini, xarakterini, mazm unini, rang 
va proporsiyalarnl tenglashtirib, rang uyg'unligini ta ’minlashda 
yordamchi elem ent b o ‘lib hisoblanadi.
Ikebana kom pozitsiyasini, yoqim li va k o ‘rkam chiqishi 
ranglaming to ‘g'ri tanlanganligiga, kompozitsiya uchun tanla- 
nadigan idishning shakli, rangi va m aterialiga, shuningdek
kompozitsiyaning qo ‘yiladigan joyi va obyektiga qay darajada 
moslanganligiga bogliqdir. Ikebana uchun chinni, billur, shisha, 
keramika, plastmassa, metall, yog‘ochdan tayyorlangan maxsus 
idishlar ishlatiladi. Bu idishlar baland b o ‘yli vazalar, past bo ‘yli 
lagan, tarelka, savat shaklidagi idishlardan iborat b o ‘ladi.
Ikebana sa n ’ati bun d an 600 yil m uqaddam Y aponiyada 
shakllanib, uning 60 ga yaqin tu r va uslublari vujudga kelgan 
b o ‘lsa-da, uning Ikenoba, Nageira, M oribana, Oxara, Sogesu 
kabi vakillari o ‘ziga xos uslub ham da yo‘nalishdagi m aktab 
yaratdilar va bu san’atning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdilar.
Ikebana san’ati jahon xalqlari san’ati orasiga asta-sekin kirib 
borayotgan bugungi kunda, Yaponiyada bu san’atning yana bir 
yangi turi — Akobana san’ati vujudga keldi. Bu san’at xususiyati 
quritilgan gul, barg, shoxcha, meva, hayvonlar va boshqa tabiiy 
materiallarni qayta ishlash asosida maxsus ramka ichida badiiy 
kompozitsiya yaratishdan iboratdir.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin