Hayvonlar rasmini chizish
Hayvonlar — tiriklik mavjudoti olamining eng katta turidir.
Shu boisdan hayvonlar tasvirini yaratishni odamlar ibtidoiy jamoa
davridanoq boshlaganlar. Hayvonlar rasmini chizish va tasvirlash
butun kishilik jamiyati taraqqiyotida
asosiy kompozitsion mavzu
bo‘lib keldi. Jahonning ko‘zga ko‘ringan rassomlaridan P.Pottera,
A.Keypa (gollandiyalik), K.Troyone (fransiyalik), N.Sverchkova,
P.Kovalevskaya, P.Klodt, P.Sokolov, V.Serov, A.Stepanov, V.Vata-
gin, I.Yefimov, A.Laptiyev, A.Komarov, V.Trofimov (rossiyalik)
kabilar hayvonlar tasvirini juda ko‘p yaratganlar.
Hayvonlar rasmini chizish o ‘quvchilarni tabiatga m ehr-
muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.
Shu boisdan
bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan, b o ‘lajak pedagoglar
hayvonlar rasmini chizishni o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlar rasmi ham xuddi qushlar
rasmini chizish kabi
bajariladi.
27-
a, b
rasmlarga e ’tibor bering. Rasmda hayvonlarning
gavdasi, bo‘yni, boshi, oyoqlarining
tuzilishi qushlarga biroz
bo‘lsa-da o‘xshab ketadi. Shu boisdan hayvon rasmini chizish
27- a rasm.
87
mashqini ham xuddi qushlar kabi yon profildan boshlash lozim.
Bu esa dastlabki ko‘nikmalaming shakllanishiga yordam beradi.
Keyin esa hayvonlarning old,
orqa va turli tomonlaridan, har xil
harakat-holatlaridagi rasmini ishlash tavsiya etiladi.
Hayvonlar rasm ini chizish 27-rasm da ko‘rsatilganidek,
ularning umumiy balandligi, eni va gavda a’zolari kontur chiziq-
larini belgilab olishdan boshlanadi.
Rasm chizish tasvirdagi
bosqichlarga asoslangan holda olib boriladi.
Hayvonlar rasmini chizish mashqini kichikroq hajmdagi
hayvonlarni tanlab, ularning
qulayroq holatini topib, rasmini
chizishdan boshlang. Boshlang‘ich mashqlarda qo‘llanm an-
gizdagi rasmlar sizga yordam beradi. Qo‘llanmada bolalar juda
qiziqadigan hayvonlar rasmi berilgan.
Bu hayvonlar rasmini
chizishni yaxshilab o‘rganib olgach, boshqa hayvonlar rasmini
chizish biroz osonroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: