B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

2.6. TABIAT MATERIALLARINING
RASMINI CHIZISH
Tabiat o ‘zining ko‘kalamzor bog‘-rog‘lari, rang-barang o‘sim- 
liklari, qush va hayvonlar olami, tog‘, adir, daryolari bilan 
beqivos go‘zalliklar dunyosiga ega.
Inson esa ularni o‘z mehnati, ilm-u san’ati bilan yanada 
ko'rkam, yanada jozibaliroq bo‘lishi uchun harakat qiladi.
Tabiat va uning go‘zalligini, shoirlar, rassomlar, kompozi- 
torlar o ‘z asarlarida madh etadilar. Tabiat go‘zalligi har bir 
ijodkorga ilhom baxsh etadi. Shu boisdan ham rasm chizishni 
o‘rganishga kirishayotgan kishi tabiat manzaralari rasmini chizish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Chunki, tabiat rassom uchun 
tasvirlashning asosiy manbayi bo‘ladi. Unda o‘simliklar, daraxtlar, 
tog‘~tosh, dara, qoyalar, bog‘-u rog‘lar, uy-hovlilar, paxtazor, 
bug‘doyzor, o'rm on, daryo, ko‘l va havzalar rasmini chizish 
m ashqlari tabiat m anzaralari rasmini chizishning dastlabki 
qadamlari bo‘ladi. Shu boisdan qo‘llanmada tabiatning qator 
elementlari tasvirini yaratish bo'yicha mashqlarga nazariy va 
amaliy yollanm alar beriladi.
0 ‘t-o ia n la r va daraxtlar rasmini chizish
O ‘t-o ‘lanlami asosan barg, novda-shoxlar tashkil etadi. Shu- 
ning uchun eng awal barg va novdalar rasmini chizish ko‘nik- 
malarini egallash darkor. Buning uchun biron o ‘simlik yoki daraxt
83


2.5. GAZLAMANING В UK LAN GAN HOLATINI
TASVIRLASH
Rasmi ishlanadigan narsalarning shakli, tuzilishi, rangi va 
yorug‘-soyalarini to ‘g‘ri, aniq, real holatda tasvirlamoq uchun 
albatta rasmi ishlanadigan narsalarning tagi va orqa tomonida 
ularning o‘ziga mos holdagi, rangdagi tekislik bo‘lishi lozim. Bu 
tasvirlanadigan narsalarning 
foni
deyiladi.
Tasviriy san’atda fon deganda rasmi ishlanadigan narsalar­
ning orqa tomonidagi tekisligi tushuniladi (24- rasm).
Tasvirdagi predmetlar va obyektlarning qiziqarli b o ‘lishi, 
naturaning shakli, tuzilishi, shuningdek, rang va holatining aniq, 
real, jonli, ko‘rinarli chiqishi uchun natura hamda obyekt uchun 
tanlanadigan fon materiali va uning rangi tasviriy san’atda muhim 
ahamiyatga ega.
Shu boisdan, rasm chizishni o‘rgana boshlagan yosh rassom 
albatta natura va obyekt foniga e’tibor berishi lozim. Bu bo‘lajak 
rassom uchun kelajakda fon dan m ahorat bilan foydalanish 
imkonini beradi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin