B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


26- rasm. Qush rasmini bosqichlar bo‘yicha chizish



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

85


26- rasm. Qush rasmini bosqichlar bo‘yicha chizish.
86


Hayvonlar rasmini chizish
Hayvonlar — tiriklik mavjudoti olamining eng katta turidir. 
Shu boisdan hayvonlar tasvirini yaratishni odamlar ibtidoiy jamoa 
davridanoq boshlaganlar. Hayvonlar rasmini chizish va tasvirlash 
butun kishilik jamiyati taraqqiyotida asosiy kompozitsion mavzu 
bo‘lib keldi. Jahonning ko‘zga ko‘ringan rassomlaridan P.Pottera, 
A.Keypa (gollandiyalik), K.Troyone (fransiyalik), N.Sverchkova, 
P.Kovalevskaya, P.Klodt, P.Sokolov, V.Serov, A.Stepanov, V.Vata- 
gin, I.Yefimov, A.Laptiyev, A.Komarov, V.Trofimov (rossiyalik) 
kabilar hayvonlar tasvirini juda ko‘p yaratganlar.
Hayvonlar rasmini chizish o ‘quvchilarni tabiatga m ehr- 
muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan 
bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan, b o ‘lajak pedagoglar 
hayvonlar rasmini chizishni o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlar rasmi ham xuddi qushlar rasmini chizish kabi 
bajariladi.
27- 
a, b
rasmlarga e ’tibor bering. Rasmda hayvonlarning 
gavdasi, bo‘yni, boshi, oyoqlarining tuzilishi qushlarga biroz 
bo‘lsa-da o‘xshab ketadi. Shu boisdan hayvon rasmini chizish
27- a rasm.
87


88
27- 
b
 rasm.


mashqini ham xuddi qushlar kabi yon profildan boshlash lozim. 
Bu esa dastlabki ko‘nikmalaming shakllanishiga yordam beradi. 
Keyin esa hayvonlarning old, orqa va turli tomonlaridan, har xil 
harakat-holatlaridagi rasmini ishlash tavsiya etiladi.
Hayvonlar rasm ini chizish 27-rasm da ko‘rsatilganidek, 
ularning umumiy balandligi, eni va gavda a’zolari kontur chiziq- 
larini belgilab olishdan boshlanadi. Rasm chizish tasvirdagi 
bosqichlarga asoslangan holda olib boriladi.
Hayvonlar rasmini chizish mashqini kichikroq hajmdagi 
hayvonlarni tanlab, ularning qulayroq holatini topib, rasmini 
chizishdan boshlang. Boshlang‘ich mashqlarda qo‘llanm an- 
gizdagi rasmlar sizga yordam beradi. Qo‘llanmada bolalar juda 
qiziqadigan hayvonlar rasmi berilgan. Bu hayvonlar rasmini 
chizishni yaxshilab o‘rganib olgach, boshqa hayvonlar rasmini 
chizish biroz osonroq bo‘ladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin