g‘ochlar, samoviy ko‘kda aylanayotgan qarchig‘ay-u, laylaklar
yoki daraxt shoxida qag‘illayotgan olahakkalami ко‘rish qanchalik
xush yoqsa, ularning rasmini chizish ham shunchalik zavqli
bo‘ladi. Ularning rasmini chizish uchun esa qobiliyat, iste’dod,
mashq va amaliy tajribalar zarur bo‘ladi.
Shu boisdan qush va hayvonlar rasmini chizish malakalarini
shakllantirish ustida alohida-alohida to ‘xtab o‘tamiz.
Qush rasmini chizish
Qushlar gavdasi pat-parlar bilan qoplangan, oldingi oyoqlari
qanotga aylangan va uchishga moslashgan, issiqqonli, umurtqali
hayvonlar turiga mansubdir. Qushlarning oyoqlari daraxtlarda
turish, yerda yurishga yaxshi moslashgan bo‘ladi.
Qushlarning tashqi ko‘rinishi xilma-xildir. Bu tuzilish
ularning yashash sharoitiga bog‘liq holda shakllanadi. Patlarining
rangi ham, xatti-harakatlari ham yashash sharoitiga, tevarak-
atrof muhitiga bog‘liqdir.
Qushlar rasmini chizish biroz murakkabroq. Shu boisdan
ularni tasvirlashni yon tomondan boshlash m a’quldir. Yon tomon-
dan qarab, aw al uning gavdasi, so‘ngra bo‘yni, boshi, dumi va
oyog‘i chiziladi.
Rasm chizuvchi avvalam bor qushning tu rish holatin i
yaxshilab kuzatib, shu ko‘rinish b o ‘yicha kontur chiziqlar
chizib oladi. So‘ngra gavda ko‘rinishini tuxum shaklida chizib
oladi, boshi va dumini esa kontur chiziqlarda belgilab oladi.
Naturaga tez-tez qarab, qushning to ‘la shakli va asosiy belgilari
chiziladi. So‘ngra unga tushayotgan yorug‘-soyalar asosida,
mayda shtrixlar vositasida to l a tasvir yaratiladi. Rasm chizish
m ashqini 26- rasm dan foydalangan holda olib borishingiz
mumkin.
Muayyan ko‘nikmaga ega bo'lgach, kitobni yopib qo‘yib,
natura bo‘yicha (qushlarning qotirilgan nusxasi) yoki tirik tovuq,
kaptar, olahakka, qaldirg‘och, o ‘rdak kabilarning o‘ziga qarab
rasmini chizishga urinib ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: