B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


R A S M ISHLASHDA RANG YA BO‘YOQLARDAN



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

3.2. R A S M ISHLASHDA RANG YA BO‘YOQLARDAN
FOYDALANISH
M a’lum ki, barcha predmetlar muayyan rangga ega bo‘ladi. 
Oddiy bir d o n a toshda oq, qora, ko‘k, yashil va hokazo ranglar 
mujassamlashgan. Shunday predmetlar ham borki, ular bir necha
7 — B.N .O ripov
97


rangiar majmuyidan iborat bo‘ladi. Lekin biz ularni bir rang 
nomi bilan ataymiz.
Masalan, bargni biz yashil deymiz, ammo unda yashil, 
zangori, sariq, oq, qizil kabi rangiar ham mavjud.
Bir tup olma daraxtining tanasi qo'ng‘ir, bargi yashil, mevasi 
sariq, qizil kabi ranglarda ko‘rinadi.
Biron m anzarani kuzatsangiz, uzoq-uzoqlardagi tog‘lar 
jigarrang, qo‘ng‘ir, daraxtlar yashil, ko‘k, zangori, binafsha, 
ularning tanalari qo‘ng‘ir, yer jigarrang, texnika vositalari qora, 
kulrang kabi ranglarda ko‘rinadi. Mana shulaming barchasini o‘z 
shakli va rangida to ‘g‘ri tasvirlash uchun eng qulay b o ‘yoq 
akvareldir. Ammo akvarel bilan rasm chizish uchun, eng awal 
narsa-predmetlar rangini, uning qaysi rangdagi bo‘yoq bilan 
tasvirlash lozimligini bilib olish zarur.
Akvarel bo‘yog‘i tabiatdagi hamma ranglami ifodalay oladi. 
Ammo akvarel bilan rasm ishlash uchun maxsus (akvarelda rasm 
ishlashga moslashtirilgan) qog‘oz, m o‘yqalam, toza suv, bo‘yoq 
aralashtirish uchun palitra tayyorlash lozim.
M a’lumki, qog‘ozlar turlicha bo‘ladi. Akvarel uchun yuzasi 
g‘adir-budur, oq, qalin, bo‘yoq va suvni yaxshi shimadigan 
qog‘oz bo‘lishi kerak. Buning uchun 12 formatdagi ,,Akvarel“ 
markasi bilan chiqarilgan qog‘ozlardan foydalanish tavsiya 
etiladi.
Akvarel bo‘yoqda rasm ishlash uchun maxsus yumshoq 
uchli, olmaxon, suvsar yungidan tayyorlangan mo‘yqalamlardan 
foydalaniladi. M o‘yqalamni suvga tiqib, silkitsangiz, uning uchi 
qalam uchi holatiga kelishi lozim.
Agar rasm kattaroq qog‘ozda ishlanadigan b o ‘lsa, katta, 
dum aloq m o‘yqalam lardan foydalaniladi. K atta m o‘yqalam 
rasm ishlovchiga ko‘proq m iqdorda b o ‘yoq olish im konini 
beradi, shuningdek, katta m o‘yqalam bilan b o ‘yoq surtilganda 
va yoyilganda qog‘oz yuzi ezilib, titilib ketishining oldi oli­
nadi.
Akvarelda rasm ishlash uchun rasmi ishlanadigan narsa
naturm ort yoki obyekt (joyni) e’tibor bilan kuzatilib, uning 
qalamda chiziqli tasviri yaratiladi. So‘ngra asta-sekin yuqoridan

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin