CHIZISHDA KOMPOZITSIYA
Biz kundalik hayotimizda, turmushimizda juda ko‘p predmet
va voqea-hodisalarning rasm-tasvirlarini uchratamiz. Ulardan
ayrimlari bizga yoqadi, ayrimlari yoqmaydi. Buning boisi — shu
rasm hamda tasvirlami yaratishda kompozitsiyaga qay darajada
e’tibor berilganligidadir.
M a’lumki, rasm va tasvirlarning mazmuni, maqsadi va
vazifasiga ko‘ra ularning kompozitsion tasviri yaratiladi.
Kompozitsiyaning to ‘liq, mazmunli, ishonchli chiqishi narsa
ning o‘ziga qarab rasm chizishda muhim ahamiyatga ega. Bu
asosan naturaning shakli, tuzilishi, rangi, turish holati, yorug‘-
soyalarning tushishi, u rasm chizuvchidan qancha masofada
turganini aniq belgilash va uni shu holda ifoda etilishiga bog‘liq
b o ‘ladi. Shu boisdan natura va naturm ort elementlari rasm
kompozitsiyasi bo'yicha shunday taqsimlanmogi kerakki, uning
har biri rasm ifodasida o‘z o‘rniga, turish holatiga, bir-biriga
bog'lanishiga k o ‘ra rasm kom pozitsiyasini chiroyli, jonli,
harakatchan va tomoshabinga yoqimli bo‘lishiga yordam berishi
zarur.
104
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizishda kompozitsiyaning
asosiy talabi — natura va naturmort elementlarining bir butun-
ligini tashkil etish, shuningdek, shakl, rang hamda ularning uy-
g'unligi, mustaqilligi va mazmunini saqlashdir.
Shu boisdan narsaning o‘ziga qarab rasm chizishdagi muhim
vaziyat rasmi chiziladigan natura yoki naturmortni rasm chizish
postanovkasi holatiga keltirib olishdir.
Naturm ort yaratishda asosiy e ’tiborni rasmi chiziladigan
narsalar naturmort mazmuniga javob berishiga qaratish lozim.
So‘ngra undagi elementlarning joylashishi, holatlari, rang va
tuzilishi, shakli m a’lum bir tematik kompozitsiya xarakterini
ifodalay olishi zarur. Shu boisdan, naturm ort tuzish uchun
katta-kichikligi nazarda tutilgan holda bir-biriga mos keladigan,
bir mavzu sujetiga javob beradigan, rang jihatidan ham bir-
birini to ‘ldiradigan, bir-biridan ajrata olish mumkin bo‘lgan
rangdagi predmetlar tanlanadi va ularni I-II-III plan bo‘yicha
va ranglari, shakllariga ko‘ra m a’lum bir kompozitsion talabda
qo‘yib chiqiladi.
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizishda kompozitsiya —
badiiylikning bosh mezoni bo‘lib, u rasmdagi har bir narsaning
yaxlitligi, realligi, o ‘zaro uyg‘unligi, mosligi hamda ularning
tasvirlanishdagi ijodiyligi, ko‘rkam va jozibasini ta’minlay oladigan
badiiy uslubdir. Shu boisdan narsaning o ‘ziga qarab rasm
chizishda natura yoki naturmort elementlarining katta-kichik-
ligiga, mavzuga ko‘ra o‘z o‘miga qo‘yilishi, ya’ni postanovka
elementlarining katta hajmdagilarini orqa tomonga, o ‘rtacha
kattalikdagilarini o‘rta planga va kichik hajmdagilarining esa
oldinga qo‘yilishi, bunda ularning rangiga ham e’tibor berilishi
maqsadga muvoflqdir.
Biz T.Xruskiy, N .Mashkov, R.Ahmedov, S.Abdullayev,
Z. Kovalevskayalaming naturmort mavzusidagi asarlarini kuzatar
ekanmiz, ulardagi kompozitsion yechim, tartib, mazmunning
muvaffaqiyati, jonli va tantanavorligi albatta naturmort element
larining to ‘g‘ri tanlanganligi va to ‘g ‘ri joylashtirilganligidan
ekanligini yaqqol ko‘ramiz.
105
M a’lum bir mavzada naturm ort tuzib, darslikdagi rasmlar-
dan foydalanib, rasm ishlang. Rasmni qalamda va akvarelda
bajaring.
Dostları ilə paylaş: |