B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

98


29- 
a
 rasm.
99


100
29- 
b
 rasm.


quyi tomonga qarab lokal ranglar beriladi. Bo‘yoqlar 3—4 marta 
ustma-ust beriladi. Bunda albatta oldingi bo‘yoq qurigan bo‘lishi 
zarur. Bo‘yoq bilan ishlashda rasm taxta tikroq — 30 — 40° 
qiyalikda tutiladi, bu bo‘yoqlarning to ‘planib qolishidan saq- 
laydi. Rasm uchun beriladigan bo‘yoq rangi aw al palitrada 
tayyorlab olinadi. Shuningdek, har gal rangni almashtirganda 
m o‘yqalam yaxshilab yuviladi. Rasm tayyor b o ‘lgach, quri- 
tishga qo‘yiladi. Umuman, b o ‘yoq bilan ishlaganda iloji bori- 
cha tiniq va ochroq rang berilishi lozim. Bu rang ustidan 
beriladigan 2- va 3- ranglarning yorqin ifodalanish imko- 
niyatini beradi.
Akvarel va um um an bo‘yoq bilan ishlash malakasiga ega 
boMish uchun sabr-qanoat bilan mashq qilish tavsiya etiladi. 
Dastlabki mashqlar bir rangning bir necha tuslarini topib yoki 
bir xil rangda rasmlar ishlashdan iborat bo‘ladi.
T o‘q ranglar yaratish uchun suv kamroq, och ranglarni 
topish uchun esa suv ko‘proq qo‘shiladi. Yangi rangni topish 
uchun q o ‘shiladigan ranglarni b a’zi biridan ko‘proq, b a ’zi 
biridan ozroq olib, ularni bir-biriga qo‘shishda ham suv miq- 
dorining to ‘g‘ri tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Bo‘yoq — 
akvarel bilan ishlaganda albatta sistemalilikka q at’iy talab 
qo‘yiladi. Shu boisdan boshlang‘ich mashg‘ulotlarda kamroq 
rangli, lekin bir-biridan keskin farq qiluvchi predm etlar rasm i­
ni ishlash tavsiya etiladi (29- 
a
rasm).
Shuningdek, rasm chizish mashg‘ulotlaridan oldin rangni 
ko‘rish va uning qanday nom bilan atalishi haqida mashqlar 
o ‘tkaziladi. So‘ngra ranglarni qo'shish, ulardan yangi rang topish, 
ranglar o ‘rnini to ‘g‘ri belgilash mashqlari ham olib boriladi. 
Bunday ko‘nikmalar egallangandan keyingina predmetlar rasmini 
alohida ishlashga kirishiladi. Masalan, olma, anor, nok, barg, 
shoxcha kabilar rasmini alohida-alohida tasvirlash lozim bo‘ladi. 
So‘ngra ularni fon asosida biron rangli material ustida tasvirlash 
lozim.
Tabiat manzaralarini tasvirlash ham foydadan xoli b o‘lmaydi. 
Yakka holdagi terak, chinor, olma, o‘rik, tol kabi daraxtlarni 
yoki qoqio‘t, lola, g‘o‘za kabi o‘simliklami tasvirlash maqsadga
101


muvofiq. Bo‘yoq bilan rasm ishlash 4 yoki 5 bosqichda amalga 
oshiriladi. Dastlab rasmi ishlanadigan narsaning chiziqli tasviri 
qalamda bajariladi, bu 1-bosqich bo‘ladi. So‘ngra qog‘ozda fon 
va predmetning asosiy rangining o‘rni topiladi, bu 2- bosqich 
boladi. Bo‘yoq biroz qurigach, asosiy rangiar beriladi, bu 3- 
bosqich bo‘ladi, keyingi bosqichlarda yorug‘-soyalar, predmet­
ning o'ziga xos xususiyati va xarakterini ifodalovchi rangiar 
beriladi.
Turli predmetlar, naturmort yoki manzara rasmi ishlan- 
ganda ham ish xuddi shu yo‘sinda bosqichma-bosqich bajari­
ladi.
Shuni ta ’kidlash joizki, natura yoki joy-o‘rin albatta ko‘rish 
gorizontidan pastda bolish i lozim. Agar ko‘rish nuqtasi natura 
markaziga tushib qolsa, predmet hajmsiz, yassi holda ko‘rinib 
qoladi, bu rasm chizishni qiyinlashtiradi. Agar qush rasmi 
ishlansa, uni ko‘rish nuqtasidan pastda, o ‘ng yoki chap tomon- 
ga qo‘yish lozim. Shundagina qushni yerda yoki biron butoq 
ustida o ‘tirgan holatda va gavdasini to la tasvirlash imkoniyati 
yaratiladi (29- 
b
rasm).
Manzara yoki tematik (sujetli) rasmlar ham 4—5 bosqichda 
ishlanadi. Rasmga e’tibor bering, undagi bosqichlar bir-birini 
toldirib, uyg‘unlashib boradi.
Sujetli (tematik) rasm asosan voqea-hodisalar, o‘qilgan kitob- 
lar hamda tevarak-atrofdagi turmush va hayotiy hodisalar asosida 
yaratiladi.
Tarbiyachi-pedagog rasm ishlashni, mustaqil kompozitsiya 
tuzishni juda yaxshi bilishi kerak. Bunday rasm ishlashning 
eng oson y o li o ‘qituvchi tom onidan sinf doskasida ko‘rsatib 
berilgan sujet elementlaridan foydalanilgan holda rasm ish- 
lashdir. Chunki o ‘qituvchi har bir rasm chizish darsida, shu 
mavzu bo‘yicha bir necha elementlami namoyish etadi. Talaba- 
lar undan ijodiy foydalanib, mustaqil tem atik kompozitsiya 
tuzadilar.
Bo‘yoq bilan ishlashni o‘rganishning eng oson vo‘llaridan 
yana biri b o ‘yoqda badiiy bezash b o ‘yicha rasm ishlashdir. 
Chunki, tasviriy san’atning bu bolim i ko‘proq naqsh va mustaqil
102


rang kompozitsiyasidagi bezatish ishlaridan (devoriy gazeta, 
otkritka kabilar) iborat bo‘ladi.
Naqsh chizishda esa har bir bo‘yoq o‘m i belgilab olinadi va 
shu joyga bo‘yoqning o‘zi tiniq holda beriladi.
1. Rang nima, uni qanday ko‘rasiz?
2. Rang kim tomonidan kashf etilgan?
3. Tabiatda qanday ranglar mavjud?
4. Rang halqasi nima?
5. Qanday ranglarga axromatik va xromatik ranglar deyiladi?
6.
Akvarel bo‘yog‘i qanday xususiyatga ega?
7. Qog‘ozda rasm ishlash uchun qanday bo‘yoq tanlanadi?
8. Bo'yoq bilan rasm ishlash uchun qanday qog‘oz tanlanadi?
9. Bo‘yoq bilan ishlaganda perspektiva qanday olinadi?
3.3. 
KOMPOZITSIYA 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin