B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

xromatik ranglar
deyiladi.
Har bir xromatik rang uch xossaga ega bo‘ladi:
1. Rang tusi — rangning o ‘z ko‘rinishi, odam ko‘ziga beradi- 
gan jilosi, shunga ko‘ra biz uni qizil, ko‘k, zangori, sariq, yashil, 
binafsha va boshqa nomlarda ataymiz.
2. Rang yorqinligi — rangdagi yorug‘likni qaytarishi, ya’ni 
yorug‘likni o‘zida ko‘p yoki oz aks ettirishidir. Bu rangning och- 
to ‘qligidir. Agar narsada yorug‘lik ko‘p aks etsa, biz narsadagi 
rangning past darajadaligini ko‘ramiz. U och yashil, och sariq
och qizil ko‘rinadi. Agar narsadagi yorug‘lik oz aks etsa, unda 
narsaning rangi to ‘q bo‘lib ko‘rinadi.
3. Rang to ‘yinganligi — narsa sirtidagi ranglaming tiniqligi, 
rangdorligi, sofligining ifodalanishidir.
Agar sof bo‘yoqning kuchi ortsa, rangning to ‘yinganligini 
ko‘ramiz. Agar biron xromatik rang ustidan kulrang tus berilsa, 
unda bu rangning ravshanligi, rangdorligi yoki rang jilosi albatta 
pasayib ketadi.
95


M a’lumki, oq va qora rangni bir-biriga qo‘shish asosida 
juda ko‘p bir tUsdagi, ammo bir-biridan farq qiluvchi ranglar 
olinadi.
Faqat yorug‘likni yutish va qaytarishi bilan bir-biridan 
farqlanuvchi ranglar 
axromatik ranglar
deyiladi.
Axromatik rang alohida bir tusga ega emas, u faqat to ‘q, 
ochroq, och, juda och (ya’ni rangsiz) ligi bilan farqlanuvchi 
ranglardir. Demak oq, qora va shu ikki rangdan hosil bo‘luvchi 
ranglaming hammasi axromatik ranglar turiga kiradi. Bu ranglar 
to‘q qora, qora, och qora, qoramtir, juda och qora va hokazo 
ranglardan iboratdir.
Rangshunoslikda 
rang h a lqasi
yoki 
rang doirasi
degan 
tushuncha bor. Rang halqasi rang spektrining eng chekkasidagi 
ikki rang, masalan, qizil va zangori ranglar orasidagi turli ranglar 
bo‘lib, ular bir-biriga juda o ‘xshaydi, bu ranglar spektrining 
ikki chekkasidagi ranglarning qo‘shilishidan hosil bo'lgan rang­
lardir. Ana shu rang spektrining ikki chetidagi rangning qo‘shi- 
lishidan rang halqasi hosil bo‘ladi.
Rang halqasining o‘zgarishi bilan, undagi ranglar kontrasti 
ham o ‘zgaraveradi. Ranglarning qo‘shilishidan istalgan rangni 
olish mumkin. Faqat qaysi rangni qaysi rangga, qancha miqdorda 
qo‘shilsa, undan qanaqa rang hosil bo‘lishini aniqlab olish lozim. 
Chunki:
1. Qizil va zangori rangning qo'shilishidan: qizil, to ‘q qizil, 
qirmizi, och qirmizi, to‘q qirmizi, binafsha, to ‘q binafsha, och 
binafsha kabi ranglar hosil bo‘ladi.
2. Qizil va sariq rangning qo‘shilishidan: zarg‘aldoq, to ‘q 
zarg‘aldoq, och zarg‘aldoq, sariq, to ‘q sariq, och sariq, qovoq- 
rang, limonrang, tillarang, pushti kabi ranglar hosil bo‘ladi.
3. Sariq va zangori rangning qo‘shilishidan: och yashil, 
yashil, to ‘q yashil, och zangori, zangori, to ‘q zangori, havo- 
rang, ko‘k, zumrad, sabzarang, barikaram kabi ranglar hosil 
bo'ladi.
Pedagogika kollejlarida foydalanadigan rang va bo‘yoqlar 
tayyor holda olinadi. Ular asosan akvarel, guash, flomaster 
kabilardan iboratdir. Chunki ular tabiatdagi va turmushdagi

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin