B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


Shar va sharsimon predmetlar



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Shar va sharsimon predmetlar
rasmini chizish
Kundalik hayotimizda va turmushimizda ko‘p ishlatiladigan 
narsalar, ya’ni sport yadrosi, bolalar koptogi, futbol to ‘pi, baliq 
akvariumi, globus, choynak, anor, handalak, apelsin, limon, 
tarvuz, olma, pomidor, gilos kabi meva va predm etlar shar 
shaklida bo‘ladi.
Shar esa barcha tomonlardan qaralsa bir xilda ko‘rinadigan 
aylana sirtga ega bo‘lgan geometrik shakldir. Shar, doira, aylana 
tushunchalari biri-birining asosida yuzaga kelsa-da, bir-biridan 
mutlaqo farq qiladi. Shar hajmga ega, doira tekis yuzaga ega, 
aylana esa hajmga ham, yuzaga ham ega bo‘lmagan geometrik 
shakldir.
Shar rasmini chizish uchun uning balandligi va enini belgilab, 
doira chiziladi, so‘ngra natura uchun qo‘yilgan sharga tusha­
yotgan yorug‘lik va bu yorug‘lik asosida hosil bo‘lgan soyalar 
vositasida shaming hajmi topiladi. Rasmda ko‘rsatilgan shardagi 
eng yorug‘ — yaltirab turgan o‘rin (blik) bo‘yalmay, soyalar 
bo‘yab chiqiladi. So'ngra shaming o‘m i va undan tushayotgan 
soyalar ham aniqlanib, mayda shtrixlar yordamida ko‘rsatiladi.
Shar va shar shaklidagi narsalar rasmini chizish ko‘nik- 
malarini mustahkamlash uchun choynak, anor, tarvuz, futbol 
to ‘pi kabi predmetlar rasmini chizishni mashq qiling.
79


Murakkab (aralash) shakldagi predmetlar
. - ramini chizish
M a’lumki, tabiatda, turmushda, ishlab chiqarishda uchray- 
digan juda ko‘p predmetlar turlicha geometrik shakllardan tashkil 
topadi.
Masalan, bidon, ko‘za, obdasta, grafin, xumcha, daraxtlar
qushlar, hayvonlar, odam va uning tana a’zolari, ishlab chiqarish 
vositalarining hammasi turlicha geometrik shaklga ega bo‘lgan 
predmetlardir. Ulardan har binning rasmini chizish uchun, albatta 
barcha geometrik shakllar rasmini chizish malakasiga ega bo'lish 
lozim. Shu boisdan bunday predmetlar rasmini chizishni geometrik 
shakllar naturmorti 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin