B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


GEOMETRIK SHAKLLAR RASMINI CHIZISH



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

2.4. GEOMETRIK SHAKLLAR RASMINI CHIZISH
Kubning o ‘ziga qarab rasmini chizish
Kub — barcha tomonlari, qirralari va burchaklari bir-biriga 
teng bo‘lgan geometrik shakldir (21- rasm). Kub rasmini birinchi 
m arotaba chizishga kirishilganda albatta rasm chizuvchiga 
burchak ko‘rinishga ega bo'lgan holda qo‘yiladi. Chunki, frontal 
holda qo‘yilgan kub rasm chizuvchiga aniq m a’lumot bermaydi. 
Burchak holda qo‘yilishi esa, kubning uchta (ikki yoni va usti) 
tom onini ko‘rish imkonini beradi. Tomonlarning ko‘rinishi 
perspektiva hodisalarini ham anchagina yaxshi ko'rsatadi. 
Shuningdek, kub kuzatuvchining k o 'rish gorizonti — ufq 
chizig'idan pastga, ya’ni kubning ustki tom oni ko'rinadigan 
holda qo‘yiladi.
Kub rasmini chizish — uning umumiy balandligi va enini 
aniqlab olish bilan boshlanadi va uni 21- rasmdagidek davom 
ettiriladi. Rasmga e’tibor bering, kubning umumiy balandligi 
va enini topib olgach, kubning sizga eng yaqin turgan qirrasidan 
ostki burchagini belgilash, undan tik chiziq o ‘tkazish, bu chiziq 
asosida shu qirra balandligini, undan so‘ng kubning ikki yondagi 
ostki va ular asosida yuqori burchaklarni topib, ularni tik chiziq­
lar vositasida birlashtirish, so‘ngra yuqoridagi burchaklarini 
topish, ulami bir-biri bilan birlashtirish lozim bo‘ladi. Bu birlash- 
tirishda albatta perspektiva holatlari va hodisalari nazarda tuti-
75


21- rasm. 
Geometrik shakllar rasmini chizish.


ladi. Rasm chizuvchiga eng yaqin qirra, eng uzun yoki eng 
baland, undan uzoqlashgan har bir qirra va yuza esa qisqarib 
boraveradi. Buni 21- rasmdagi tasvirlardan yaqqol kuzatishingiz 
mumkin. Kubni bo‘yash turli material bilan va usullarda baja- 
riladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin