Fon
naturaning shakli, katta-kichikligi, rangi va turish
holatiga ko‘ra tanlanadi. Fon natura rangidan ajralib turishi lozim.
Shu boisdan fon uchun ishlatiladigan
materiallarni turli
holatlarda tasvirlashni o‘rganib olish maqsadga muvofiqdir. Bu
mashqni ham juda oddiy holatlardan boshlash lozim. Fon
materialini tasvirlash buklanmagan bo‘zni tik va yotiq holda
shtrixlashdan boshlanadi.
Mashqlar qalamda akvarelda va moybo‘yoqlarda bajariladi.
Auditoriya mashg‘ulotida esa o‘qituvchining ko‘rsatmasi
bo‘yicha berilgan vazifalar asosida mashqlar o‘tkaziladi.
2.6. TABIAT MATERIALLARINING
RASMINI CHIZISH
Tabiat o‘zining ko‘kalamzor bog‘-rog‘lari, rang-barang o‘sim-
liklari,
qush va hayvonlar olami, tog‘, adir, daryolari bilan
beqiyos go‘zalliklar dunyosiga ega.
Inson esa ularni o‘z mehnati, ilm-u san’ati bilan yanada
ko'rkam, yanada jozibaliroq bo‘lishi uchun harakat qiladi.
Tabiat va uning go‘za!ligini,
shoirlar, rassomlar, kompozi-
torlar o ‘z asarlarida madh etadilar. Tabiat go‘zalligi
har bir
ijodkorga ilhom baxsh etadi. Shu boisdan ham rasm chizishni
o‘rganishga kirishayotgan kishi tabiat manzaralari rasmini chizish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Chunki, tabiat rassom uchun
tasvirlashning asosiy manbayi bo‘ladi. Unda o‘simliklar, daraxtlar,
tog‘-tosh, dara, qoyalar, bog‘-u roglar, uy-hovlilar, paxtazor,
bug‘doyzor, o'rm on, daryo, ko‘l
va havzalar rasmini chizish
mashqlari tabiat m anzaralari rasmini chizishning dastlabki
qadamlari bo‘ladi. Shu boisdan qo'llanmada tabiatning qator
elementlari tasvirini yaratish bo‘yicha
mashqlarga nazariy va
amaliy vo1, llan malar beriladi.
0 ‘t -o ‘lanlar va daraxtlar rasmini chizish
0 't - o ‘lanlami asosan barg, novda-shoxlar tashkil etadi. Shu-
ning uchun eng awal barg va novdalar rasmini chizish ko‘nik-
malarini egallash darkor. Buning uchun biron o‘simlik yoki daraxt
Dostları ilə paylaş: