Behzodning (1455—1535) „Shayboniyxon portreti“ , K.Brullov-
ning (1799—185^) „Pompeyning so‘nggi kuni“, R.Ahmedovning
,,Onalik“ kabi asarlarini kuzatar ekansiz, undagi kompozitsiya
talablari o ‘z o ‘rnida, o ‘z m e’yorida
bajarilganligining guvohi
bo‘lasiz.
Kompozitsiya — san’atning barcha turlarida: adabiyot, tasviriy
san’at, m e’morchilik, musiqa, raqs-xoreografiya, kino, teatr,
televideniya, foto, ikebana kabilarda o‘z ifodasini topadi. Tasviriy
san’atda — rasm, haykal,
naqshlarda qism, rang, yorug‘-soya-
lami, asar sujeti va elementlaming joylanishi, rassomning maq-
sadi, g‘oyasiga javob berishi yoki bo‘ysundirilishida o ‘z
ifodasini
topadi. Bu o‘rinda asaming mavzusi, sujeti, ritm, simmetriya,
shakl, joylashish va ularning bir-biriga bog‘lanishi,
bir markazga
intilishi asar kompozitsiyasini hal qiladi va muvaffaqiyatini
belgilaydi.
3.4. NARSANING 0 ‘ZIGA QARAB RASM
Dostları ilə paylaş: