barcha ranglar asosini yaratadi. Rangning har bir ko‘rinishi
bittadan b o ‘yoq bilan belgilanadi. Bo‘yoqlar m a’lum bir rangdagi
kukunlar m assasidan tashkil topadi.
Bo‘yoq tayyorlash — zarur rang tusidagi kukunlar massasiga
maxsus bog‘lovchi elementlami qo‘shish yoki aralashtirish yo‘li
bilan tayyorlanadi. Bu bog‘lovchilar bo‘yoqni
ishlatish maqsad
va o‘rniga k o ‘ra tanlanadi. Bo‘yoq elementlarini tanlashda bo‘yoq
tusini o ‘zgartirib yubormaslikni, qog‘ozga shimilishi (qog‘oz
yaxshi yopishishini) va suvda yaxshi erishi,
tezda qotib qol-
masligiga alohida e’tibor beriladi. Bu xossalar akvarel tayyorlashda
muhim rol o ‘ynaydi. Akvarel suvda yaxshi eriydigan, qog‘ozga
yaxshi shimiladigan, m o‘yqalamga
yaxshi yopishadigan, o‘zida
uzoq vaqt nam saqlovchi, yorqin rang tusiga ega bo‘lgan bo‘yoqdir.
Akvarel tayyorlanadigan kukunlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Ular
qizil, sariq, zangori, yashil, binafsha,
qora kukunlardan iborat
bo‘ladi.
Akvarel ko‘pincha 6, 12, 16, 24 rangda tayyorlanadi. Uning
eng sifatlisi „L eningrad41 akvareli hisoblanadi. Bu bo‘yoqning eng
muhim xususiyati uning tozaligi, tiniqligi, qog‘ozda tekis
yotishi
va yupqa qavatlar hosil qilishidir.
Akvarel Qadimgi Misr, Yunon, Italiya, Yaponiya,
Xitoyda
keng qo‘llanilgan. 0 ‘rta Osiyoda XIV—XV asrlarga kelib, kitob
grafikasining shakllanishi bilan akvarel keng qo‘llanila
boshladi,
yanada ta k o m illa sh d i. K am oliddin B ehzodning rassom lik
m aktabida akvarel bilan ishlashning turli usul va uslublari ish
lab chiqildi. A kvarel bilan ishlashda K.Behzod, M.Muzahhib,
M. S am arqandiy, A. Buxoriy kabi atoqli o ‘zbek musawirlari
samarali ijod qildilar. 0 ‘zbekiston rassomlaridan B.Hamdamiy,
0 ‘.T a n siq b o y e v , C h.A hm arovlar o ‘z
ijodiy faoliyatlarida
akvareldan, ayniqsa, samarali foydalandilar.
Dostları ilə paylaş: