Kitob bezatish uning
yozilishi bilan boshlanib, jahonning
barcha xalqlari o ‘z kitoblarini o ‘zlariga xos uslubda bezash ishlarini
amalga oshirganlar.
0 ‘zbek kitob grafikasi o ‘ziga xos tarzda, ko‘proq
naqshlar
asosida bezatib kelindi. Ayniqsa, XIV—XVI asrlardan boshlab
kitob bezatishga e’tibor kuchaydi. Bunda ayniqsa naqshlar, tematik
kompozitsiyalar keng qo‘llanildi.
Bugungi
kunda kitob m uqova tasviri, boshlovchi tasvir,
illustratsiya, yakuniy tasvirlar asosida bezatiladi.
Ko‘chalar, xiyobonlar, interyerlarni
bezash ham bugungi
kunda alohida e ’tibor bilan amalga oshirilmoqda. Bolalar muas-
sasalari, bog‘cha hovlilari,
orom gohlar, shuningdek, m aktab
fasadi, hovlisi va xonalarini bezatish
muayyan qoidalar asosida
amalga oshiriladi. Rasmga qarab, maktab darvozasini 1- sentabrga
bezatish uchun eskiz tayyorlang.
G azlam alam i odamlar didiga mos holda bezatish ham juda
qadim dan
shakllangan b o iib , ayniqsa, bizning ajdodlarimiz juda
qadim zamonlardayoq atlas-u beqasamlarda betakror naqsh va
jilolarni aks ettirganlar. Bugungi kunda
gazlama va materiallarni
bezatish, asosan, dastgohlarda amalga oshiriladi. Ularga bosiladigan
gul va naqshlarni shu sohaning mutaxassis-rassom dizaynerlari
tayyorlaydilar.
Rassomlar gazlama-matolarga bosiladigan
gul va naqshlarni
tabiatdan andoza olib, gazlam alarning q o ‘llanilish maqsadiga
ko‘ra ishlab chiqadilar. Siz ham tabiiy gul va barglardan gazlamaga
bosiladigan tasvir eskizini ishlab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: