6. Naqsh kompozitsiyasini yaratishning qanday qomm-qoidalari
bor?
7. Harfnima va u qachon yaratilgan?
8. Siz necha xil alfavit-harflarni bilasiz?
9. Gazlama haqida qanday ma’lumotga egasiz?
10. 0 ‘zbek milliy gazlamalariga qaysi gazlamalar kiradi?
Tasviriy san’atni o ‘rganish rasm chizishdan boshlanganidek,
talaba rasm chizish malakasini egallay boshlashi bilan haykal-
taroshlik ishlarini ham o‘rgatish boshlanadi. Haykaltaroshlik ishlari
bo ‘yicha amaliy ishlar asosan loy va plastilin bilan bajariladi. Loy
va plastilin bilan ishlashni m uvaffaqiyatli o ‘zlashtirish k o ‘p
jihatdan ish o ‘rnini tashkil etishga bog‘liq.
Tayanch iboralar
G o ‘zallik
Bezatish
Ritm
Simmetriya
O rnam ent
N aqsh
Islimiy
G irih
H arflar
Illustratsiya
M atn oldi tasviri (приставка)
So‘z oldi tasviri (insial)
M atn oxiri (концовка) tasviri
Plakat
Afisha
E ’lon
Devoriy
gazeta
Mozaika
Applikatsiya
G anch o ‘ymakorligi
Yog‘och o ‘ymakorligi
M aydon
Xiyobon
Bulvar
Park
Gazlama
Batist
C hit
Atlas
Beqasam
3.7. HAYKALTAROSHLIK
Loy va plastilin bilan ishlash
114
Haykaltaroshlik uchun texnik vositalar va materiallar: katta
va kichik haykaltaroshlik dastgohi, natura uchun taglik, gipsni
aralashtirish uchun qoshiq, katta va kichik cho‘tka (kist), shpatel,
shakl sirtlarini
tekislash uchun pichoqcha, chuqur va yoriqlami
ochish uchun iskana, gips yoki loyning ortiqcha joyini olish
uchun qirqish va olish iskanalari, o ’yish va qirqish uchun stek
(pichoqcha), shapatilash u c h u n stek,
tekislash, pardozlash,
silliqlash uchun stek, yog'och bolta, turli o ‘lcham va qalinlikdagi
qirqish va ko‘chirish iskanasi, quritish pechlari (mufel pechi)
kabilar.
Haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar: loy, plastilin,
gips, yog‘och, tosh, sement, shomot, sim, polietilen material
va qopchalar, alebastr, shavn ip, gazlama-latta kabilardan iboratdir.
H aykaltaroshlik m ashg‘u lo tlarin i tashkil etishda loy va
plastilin bilan ishlash uchun 20x30 sm.dagi
taxtacha, suv uchun
likopcha, qo‘l artish uchun latta-m aterial va asbob-uskunalar,
rezina o ‘chirg'ich va qalamlar hozirlanadi.
Haykaltaroshlikning asosiy materiali loy b o ‘lib, uni talabaning
o ‘zi tayyorlaydi.
Loy o ‘z xossasiga ko‘ra yumshoq, yopishqoq, ilashuvchan
ham da istalgan shaklga kirish xususiyatiga ega b o ‘lishi kerak.
B u n d ay lo y n i tay y o rlash u c h u n jig arran g , q o ‘n g ir tu p ro q
tanlanadi.
Tuproq ikki xil, ya’ni, quruq va yog‘li bo‘ladi. Yog‘li
tuproq quruq tuproqqa nisbatan nam roq, donadorligi yuqori,
yopishqoq, yum shoq, tekislanish va pardozlanish xususiyati
yaxshi bo'ladi. Tuproqni tekshirish uchun u suvga solinadi, so‘ngra
yopishqoqligi ham da plastikligi tekshiriladi.
Loy tayyorlanadigan tuproq yaxshilab eziladi va elakdan
o ‘tkaziladi. So‘ngra uni yog'och yoki plastmassa idishga solib,
suv
quyiladi, suv to ‘la shimdirilgandan so‘ng 1—2 kun saqla-
nadi, so‘ngra yana suv quyib, aralashtiriladi. Loy yopishqoq,
yaxlit massali, q o ig a yopishm aydigan, yaxshi silliqlanish va
elastiklik holatiga yetguncha ishlanadi. So‘ngra loyni polietilen
xaltaga solib, havo o ‘tkazmaydigan holda o ‘rab qo‘yiladi.
Undan
bir necha mashg‘ulotda foydalanish mumkin. Shu holda loyni
ikki-uch oy yoki yillab saqlash mumkin.
115
Loy qancha ko‘p saqlansa, uning yopishqoqlik, elastiklik va
silliqlanish xususiyati shuncha ortib boradi.
M ashg‘ulotlarda tayyorlab qo‘yilgan ioydan m a'lum qismi
kesib olinib, unga yana ishlov beriladi. Q o‘lga yopishmaydigan
holga kelgunga qadar ishlanadi. Loy qo ‘lga yopishm aydigan,
plastiklik holati yaxshi b o ‘lsa, bunday loydan har qanday
shaklni
yasash mumkin b o ‘ladi.
Haykaltaroshlikning ikkinchi materiali plastilindir. M akt ab-
gacha tarbiya muassasalarida, maktablarda va pedagogika kollej-
larining haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan
material plastilindir.
Plastilin tayyor holda do‘kondan sotib olinadi. Plastilin maxsus
loydan, poroshoklardan, ularga yog‘ va turli pigmentlar qo'shib
tayyorlanadi. Plastilin bir yoki bir necha ranglarda boladi. Plastilin
issiqda yumshab, sovuqda qotish xususiyatiga egadir. Shu boisdan
plastilin
sovuq xonada saqlansa, uni ishlatish oldidan issiq suvga
solib olish lozim. Plastilinni qo‘lda biroz ushlab, ezib turilsa,
albatta u yumshaydi va ish holati yaxshilanadi. Ammo uni qo‘lda
uzoq ushlab turilsa, o ‘z holatini yo‘qota boshlaydi.
Loy va plastilin bilan bajariladigan barcha ishlar q o id a
bajariladi.
M a ’lum ki, loy va plastilin b ilan ishlash ikki usu ld a —
cho‘zish va uzib-yopishtirish bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: