mozaika, applikatsiya uslubidagi kompozitsiyalar kiradi. G ra-
fikaning yuqoridagi barcha vositalarining asosiy elementi
harflar
—
shriftlar
hisoblanadi.
Harflar o ‘zining badiiy, standart, yozma, bosma,
soyali kabi
turlari bilan grafik kompozitsiyalarda keng qo‘llaniladi.
Harflar bolalar muassasalari va maktab badiiy-bezak grafi-
kasida alohida ahamiyatga ega b o ‘lib, bu bo‘lajak tarbiyachi-peda-
goglarning pedagogik faoliyatlarida m uayyan m alakaga ega
b o ‘lishlarini taqozo etadi. Shu boisdan mazkur b o ‘limga kengroq
to ‘xtab o ‘tamiz.
Harflar va ularning yozilishi
H arflar insoniyatning ju d a qadim gi avlodlari tom onidan
yaratilgan. U jam iyat taraqqiyotida insoniyatning m oddiy va
m a’naviy rivojlanishida alohida rol o ‘ynab keldi.
Tarixdan m a ’lumki,
harflarning yaratilishida, Sharq xalqla-
rining ijodi alohida ahamiyatiga ega. Ular piktografik, ieroglif,
so‘zli
va nihoyat, tovushli harflarni yaratdilar.
Tovushli harflarning takomillashuvi natijasida bugungi kunda
jahonning ingliz, fransuz, ispan, turk, fors, hind, xitoy, arab,
yapon, koreys kabi tillarida gaplashuvchi xalqlaming umumlash-
tirilgan holdagi yunon-lotin,
arab-turk, yapon-xitoy va slavyan-
kirill kabilaming tovushli belgilar ko‘rinishidagi harflari yaratildiki,
ulardan turlicha (qisqa belgi) o ‘zgartirishlar bilan boshqa xalqlar
ham foydalanib kelmoqdalar (32- rasm).
Badiiy bezashda kitob grafikasi alohida aham iyatga ega.
K o‘pgina adabiyotlarda kitob grafikasiga
eramizning boshlarida
asos solingan deb ta ’kidlanadi. Biroq, kitob yozish va uni bezatish
eramizdan avvalroq boshlanganligi haqida m a’lum otlar mavjud.
Chunki, qadimiy Xitoy, Misr, H ind va 0 ‘rta Osiyoning ko‘pgina
xalqlari eramizdan avvalroq o'zlarining „Sinxetta haqida qissa“
(M isr), ,,Avesto“ (Xorazm), ,,Tipataka“ (H indiston), „Ram a-
y a n a “ (H in d isto n ), ,,M ah a b h a rata “ (H in d isto n ), ,,U n z in “ ,
,,C h u n su “ (X itoy) kabi k ito b la rn i y aratg an lar. Jah o n n in g
muqaddas kitoblari: ,,Bibliya“ (IV asrda Rim), „Injil“ (II asrda),
,,Tavrot“ (VI asrda), ,,Qur’o n “ (VII asrda Arabiston) yaratildi.
Dostları ilə paylaş: