Raqamli iqtisodiyotni joriy etish sharoitida korxonalar moliyaviy holatini tahlil etish



Yüklə 471,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü471,95 Kb.
#158585
  1   2   3   4   5   6
Ilm-fan va innovatsiya 0450



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
183 
RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISH SHAROITIDA KORXONALAR 
MOLIYAVIY HOLATINI TAHLIL ETISH
O‘qituvchisi:
 Ortiqov Ulug‘bek Akrombek o‘g‘li, 
Talabasi:
 Ismoilov Ismoil Otabek o‘g‘li
 
Toshkent moliya instituti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7898439
 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiѐtni joriy etish sharoitida korxonalar 
moliyaviy holatini tahlil etishning ahamiyati, moliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha turli 
mahalliy va xorijiy iqtisodchilarning ѐndoshuvlari, tahlilni amalga oshirish yo‘nalishlari, 
moliyaviy holat tahlilini amalga oshirishning dasturiy ta’minotini yaratish imkoniyatlarini 
aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari aks ettirilgan. 
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiѐt, moliyaviy holat, o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari, aylanma 
mablag‘lar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi, moliyaviy mustvqillik, to‘lovga qobiliyatlilik, 
asosiy vositalarning eskirishi, o‘z mablag‘lari rentabelligi, aktivlar rentabelligi, moliyaviy 
barqarorlik, krizis holat. 
«Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib 
yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab
raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak. Raqamli iqtisodiѐtsiz 
mamlakat iqtisodiѐtining kelajagi yo‘q»[1]. 
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli sanoat bo‘yicha mehnat unumdorligining 
jadal o‘sishiga erishildi. Bunga birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni barqaror faoliyatini ta’minlash, iqtisodiѐtning real 
sektorida resurs bazasini kengaytirish va investitsiyaviy faollikni oshirish, iqtisodiѐtda 
energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan 
texnologiyalarni keng joriy etish, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni 
kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar sabab bo‘ldi[6]. 
Tahlil va natijalar 
Odatda korxona moliyaviy holatini tahlil qilishda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanish 
amaliѐti keng tarqalgan. Iqtisodchi olimlar tomonidan korxona moliyaviy holatini tahlil 
qilishda turli moliyaviy koeffitsientlardan foydalaniladi(1-jadval). 
Shu bilan birga, Davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibida moliyaviy nobarqaror korxonalar 
soni oshib boraѐtganini, ko‘rilaѐtgan choralar esa kutilgan samarani bermaѐtgani O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy 
sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1013-son 
qarorini qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, ushbu Qarorga binoan ilova tariqasida 
«Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun 
ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va «Davlat ishtirokidagi 
korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini o‘tkazish» Reglamenti qabul qilindi. 
Mazkur Reglamentga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat unitar korxonalari tahlil ob’ekti hisoblanadi[2]. 



Yüklə 471,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin