16
yetishga yordam berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning e’tirof
etishlaricha, hozirgi vaqtda kompyuter texnikasining rivojlanganligi munosabati
bilan o’zgalar matnlarini o’zlashtirish jarayoni avvalgi o’n yillikka qaraganda g’oyat
soddalashdi, chunki ilgari kitoblardan yoki boshqa ishlardan axborotni qo’lda
ko’chirish yoki bosmalash lozim edi.
V.V. Radaev bilan suxbatdan
Bugungi kunda ko’chirmachilik muammosi barcha o’quv korxonalarida
mavjud. Lekin biz universitetimiz (GU VSHE) alohida, eng yaxshi bo’lishini
xohlaymiz. SHuning uchun hozirda biz ko’chirmachilikka qarshi kurashishni
faollashtirmoqdamiz. Biz talabani adabiy o’g’irlik, ko’chirish yoki sohtakorlik
ustida ushlagan o’qituvchilar nima qilishi kerakligi aniq yozib qo’yilgan shunday
hujjatni tayyorladikki, unda talabani universitdan haydashgacha keskin choralar
nazarda tutilgan. Bunda talaba o’qituvchining hatosidan kafolatlangan bo’lishi
kerak. O’quvchilarning huquqlarini ham himoya qilish lozim. SHuning uchun talaba
shikoyat arizasini berishga haqli. Lekin agar uning aybi isbotlansa, jazo qat’iy
bo’lishi kerak. O’qituvchi sifatida men barcha qoidalarni birinchi mashg’ulotning
o’zidayoq e’lon qilaman. Ko’chirmachilikka nisbatan munosabat oddiy: aniqlangan
holatda darhol «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Hukum qat’iy, shikoyatga o’rin yo’q.
Agar qoidalar barcha oldindan ma’lum bo’lsa tortishishga na hojat. Ko’chirish
tavakkalchiligi haqida tinimsiz ogohlantiraman. Agar kimdir yonidagidan
ko’chirgan bo’lsa, ikkalasiga ham «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Ammo hamma gap
ko’chirish va adabiy o’g’irlikda emas. Bundan tashqari, sohtakorlik ham mavjud. Bu
bir talaba boshqasi uchun qalbaki hujjat bo’yicha zachyot yoki imtihon
topshiradigan holat. Ana shunday holatlardan biri bizda ham aniqlandi. Biz buning
uchun talabani universitdan haydadik. Hozircha hech kim buni takrorlashga tavakkal
qilgani yo’q. Bunday holatlarning oldini olish choralari ko’rilmoqda.
Ko’chirmachilikka kelsak, yana shuni takrorlaymanki, buning uchun ham ayab
o’tirmasdan universitdan haydaymiz. Yengil-elpilik hayotda ham, o’qishda ham
bo’lmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: