17
Savollar:
Nima uchun talabalar rasmiy qoidalarning mavjudligi haqida bila turib,
norasmiy qoidalarga amal qilishadi? Ushbu misolda rasmiy va norasmiy qoidalar
qanday bog’lanishli? Talabalar muhitida mavjud norasmiy institutni ta’riflang?
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YoKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
1.
“Kim uchun ishlab chiqarish kerak” muammosini davlat aralashuvisiz hal etib
bo’lmaydi.
2.
“Ko’rinmas qo’l mexanizmi” ni asoslash bilan Adam Smit, iqtisodiyotni davlat
boshqarishi, lekin buni jamiyat sezmasligini nazarda tutgan.
3.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, ko’p holatlarda norasmiy normalar jamiyatda
“tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g’oyat katta rol o’ynaydi.
4.
Aralash iqtisodyot davlat va xususiy mulkdorlar qarori asosida rivojlanadi.
5.
Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
6.
Institutlarning asosiy xususiyatlarini
qamrab olgan holda, ularning asosiy
funktsiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks ettiradi.
7.
Tovar (xizmat) lar va resurslar doiraviy aylanishi
iqtisodiy modelida uy
xo’jaligini resurslarga bo’lgan ehtiyoji ifodalanadi.
8.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko’p sub’ekt mavjud bo’lib, ular
o’rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug’iladi.
9.
Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga
qaraganda ancha oldin paydo
bo’lib, ko’p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan
mustahkamlangan normalar
uchun asos bo’lib xizmat qildi.
10.
Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida mavjud
bo’lishi
va rivojlanishini, ularning “hayotiyligi” yoki barqarorligini tushunish
uchun institutsional o’zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o’rganib
chiqish
lozim.