48
6 bob. REJA INSTITUTI VA BOZOR INSTITUTI
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1.
Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi.
2.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari.
3.
Bozor konstitutsiyasi normalari.
4.
Ratsional maqsadli fe’l-atvor normasi.
5.
Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Bozor konstitutsiyasi
– bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda
muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o’zaro shartlangan
normalari yig’indisini tashkil etadi.
Iqtisodiyot konstitutsiyasi
- deb individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini
ta’minlovchi normalar tizimiga aytiladi.
Murakkab utilitarizm
– individ tomonidan o’z foydaliligining samarali
faoliyat asosida oshirilishidir.
Oddiy utilitarizm
– individning samarali faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan
holda o’z foydaliligini oshirishga intilishidir.
Empatiya-
bunda individ o’zini hamkor o’rniga qo’yib ko’radi va uning barcha
kechinmalari, qiziqishlari va mo’ljallarini bozor sub’ekti sifatida o’zidan
o’tkazishga harakat qiladi.
Legalizm-
bunda qonunni hurmat kilish va o’z ixtiyoriga ko’ra, unga
bo’ysinish tushuniladi.
Ratsional maqsadli fe’l-atvor (hulq, xatti-harakat) normasi –
bu
foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan bog’lagan holda oshirishni
muayyanlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: