52
tadqiqotida. Biznes sohasidagi 300 ta yetakchidan olingan ma’lumotlar
shuni
ko’rsatmoqdaki, qarorlarning birgalikda qabul qilinishi, hujjatlar va ma’lumotlar
aylanishini avtomatlashtirilishi biznesning o’sishini 70 foizdan ko’pga oshiradi.
«Qo’shma tijorat kompaniyalarga qo’shma korxonani boshqarish usulini va
izchil jarayonlarni baholashni yaxshilash imkonini beradi», — deydi Djon Ferreyra
,
«
Daloyit maslahat» sherigi
— «Turli kompaniyalarda ishbilarmonlik jarayonlari
axborot tizimlarining muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi
ularga raqobatda katta
ustunlikni berdi — ushbu kompaniyalar o’z foydasini yaxshiroq anglab yetmoqda,
katta foyda olmoqda, bozorning katta segmentiga ega bo’lmoqda».
«
Daloyit»
ga muvofiq eng muvaffaqiyatli kompaniyalar unda kompaniya va
uning eng muhim savdo sheriklari bir zanjirning yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’g’ini
kabi hamjihatlik bilan harakat qiladigan vaziyatni yaratishdi.
«Daloyit»
tadqiqoti
natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, kompaniyalarning deyarli to’rtdan uch qismi
bahamjihat harakatlarni o’zining
oliy maqsadi deb hisoblashadi, boshqa
kompaniyalar bilan ishbilarmonlik jarayonlarini uyg’unlashtirgan kompaniyalar esa
o’zining savdo sheriklari bilan integratsiyalashmagan kompaniyalarga qaraganda 70
foizga ko’p foyda olishmoqda. Ushbu raqamlar ikki yil oldin o’tkazilgan ana
shunday tadqiqot natijalariga qaraganda 20 foizga oshdi.
Shuningdek, mazkur tadqiqot kompaniyalarning tobora ko’pchiligi
ushbu
tamoyilni amalga oshirishga kirisha boshlayotganligini ko’rsatmoqda. Katta
korxonalar (5 mlrd. dollardan ko’p aylanma mablag’larga ega bo’lgan
kompaniyalar) ning 33 foizi dastlabki dasturlarni amalga oshirishni boshlab yubordi,
yana 45 foizi dastlabki loyihani rejalashtirmoqda.
«Daloyit»
tahlilchilarining fikriga
ko’ra, 2012 yilga kelib kompaniyalarning 85 foizi qo’shma tijorat borasidagi ayrim
tashabbuslarni hayotga tatbiq etmoqda.
Dostları ilə paylaş: