Savollar: «Daloyit maslahat» tadqiqotiga muvofiq qanaqa muammolarni tarmoq ichidagi o’zaro
hamkorlik orqali hal etish mumkin? Qo’shma tijoratni tashkil etish va yuritish jarayonida korxonalarda qanaqa xarajatlar yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qiling?
53
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1.
Iqtisodiyot konstitutsiyasi buyruqbozlik va bozor tizimlaridagi o’zaro zid
normalarga amal qiladi.
2.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni
resurslarning yetishmasligini o’zida namoyon etadi.
3.
Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu
darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi.
4.
Oddiy utilitarizm individning samarasiz faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan holda
o’z foydaliligini oshirishga intilishidir.
5.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi oddiy va cheklangan
utilitarizmdan iborat.
6.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi
bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud
bo’ladi.
7.
Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanmaslik natijasi
hisoblanadi.
8.
Murakkab utilitarizm individ tomonidan o’z foydaliligining samarali faoliyat
asosida oshirilishidir.
9.
Oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani izlashga va yuqori foyda olishga
aylantirishni nazarda tutadi.
10.
Ratsional maqsadli fe’l-atvor individning ratsional qo’yilgan va o’ylangan
maqsadga erishish uchun tashqi olam predmetlari va insonlarning ma’lum fe’l-
atvoridan foydalanishini nazarda tutadi.