43
bu holat bunday vakillarning vijdonan ish yuritishlari, xalq,
mamlakat oldida
javobgarliklarini doimo eslatib turishi muqarrar.
Lekin Qadimgi Rimdan ham qadimroqqa borib taqaladigan Korruptsiya
tushunchasi negadir oddiy fuqaro, dehqon, hunarmand uchun emas, aynan xukumat
doirlari vakillariga, ular faoliyatiga dahldor tushuncha.
Sizningcha nega shunday? Oddiy dehqon korruptsiya ishtirokchisi bo’lishi
mumkinmi? Javobingizni misollar bilan izohlab bering.
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
1.
Huquqiy qoidalardan bo’yin tovlash bilan bog’liq xarajatlar quyidagilarni o’z
ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to’lash;
ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo’qotilgan foyda
va boshqalar.
2.
Daromadlar transferti bilan bog’liq xarajatlar. Hatto soliqlar to’lashdan bosh
tortuvchi iqtisodiy sub’ektlar ham o’z faoliyatidan foydali samarani davlat bilan
baham ko’radi, biroq bunda ular buning evaziga
davlatdan hech narsa
olishmaydi.
3.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog’liq xarajatlar.
Daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta fondiga va pensiya jamg’armasiga majburiy
to’lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to’lashga tejash imkonini beradi,
lekin bunda mehnatning o’rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta
jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi.
4.
Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko’plab iqtisodiy sub’ektlar
ishtirok
etadigan
uzoq
muddatli
loyihalarning
amalga
oshirilishini
qiyinlashtiradi.
5.
Shartnomani qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ilgan
hollarda ishtirokchilar
bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo’lmagan barcha ikir-
44
chikirlariga e’tibor qaratishi lozim bo’lgan sud yoki
arbitrajga murojaat eta
olishmaydi.
6.
Xufyona bitim ko’proq ikki tomonlama xususiyatga ega.
7.
Bitimdan manfaatdor bo’lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga
keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan
chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinadi.
8.
Zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan
tashqarida qoladi.
9.
Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator subinstitutlariga–oilaviy-
qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega.
10.
Sud va kuchlilik tuzilmalari funktsiyasini bajaruvchi
mafiya xizmatlariga
murojaat etish o’ziga xos soliqni to’lash zarurati bilan shartlangan.
Dostları ilə paylaş: