97
6-BOB.
TURLI YOSHDAGI BOLALAR UCHUN QURILISH VA
KONSTRUKSIYALASH BO‟YICHA FAOLIYATLARNI
LOYIHALASHTIRISH
.
13-§.Maktabgacha ta‟limda bolalarning yosh xususisiyatlari.
14-§.Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish, yasash faoliyati
orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
13-§.MAKTABGACHA TA‟LIMDA BOLALARNING YOSH
XUSUSISIYATLARI.
Ta‘lim va tarbiyaning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish
jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan
ish olib borganda ulaming mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga
olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va
moslashishi ancha
oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta‘lim-tarbiyaviy ishlaming
vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o'zgaradi. Bolaning maktabgacha
yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan
ta‘lim - tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Tarbiya vazifalari, mazmuni, metodlarini yoshga
qarab tabaqalashtirish
fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo'lishga tayanadi. Bir tomondan,
vaqtni orqaga qaytarib bo‗lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va
ikkinchi tomondan, tarbiya va ta‘lim sistemasi
bilan izohlanadigan ruhiy
rivojlanishning olg‗a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi
hisoblanadiYosh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.[6].
Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining
yetilish
darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi,
bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh
kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu
bilan birga teskari jarayon
ham ro‗y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy,
irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‗zaro aloqa
o‗zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi tartibga solishga
98
ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‗zgaradi. Biroq
shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har
qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta‘lim
sistemasi, shaxsning faoliyati
va faolligi hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan bog‗liq rivojlanish
muddatlarida o‗ziga xos siljishlar ham bo‗lishi mumkin.
Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga
ham taalluqli bo‗ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan
bevosita his-tuyg‗ular bilan tartibga solinadi,
lekin shu yoshdayoq irodani
tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami
tushunishni o‗rgatib borish kerak. Bolalami har tomonlama rivojlantirish va
tarbiyalash uchun ularning yosh va o‗ziga
xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk
yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi
yosh avlod umumiy ta‘lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha o‗rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi:
3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‗sish sur‘ati awalgi yosh davriga nisbatan
birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‗sish
va tana og‗irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‗qimalari va
organlari anatomik o‗zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‗y beradi. Asta-sekin
skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati
kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7
yoshga kelib bola yurish,
yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va
hatto chang‗ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini
muvaffaqiyatli egallaydi.
Dostları ilə paylaş: