98
ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‗zgaradi. Biroq
shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har
qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta‘lim sistemasi, shaxsning faoliyati
va faolligi hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan bog‗liq rivojlanish
muddatlarida o‗ziga xos siljishlar ham bo‗lishi mumkin.
Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga
ham taalluqli bo‗ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan
bevosita his-tuyg‗ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani
tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami
tushunishni o‗rgatib borish kerak. Bolalami har tomonlama rivojlantirish va
tarbiyalash uchun ularning yosh va o‗ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk
yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi
yosh avlod umumiy ta‘lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha o‗rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi:
3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‗sish sur‘ati awalgi yosh davriga nisbatan
birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‗sish
va tana og‗irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‗qimalari va
organlari anatomik o‗zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‗y beradi. Asta-sekin
skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati
kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7
yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va
hatto chang‗ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini
muvaffaqiyatli egallaydi.
Dostları ilə paylaş: