56
kamaytirish uchun turbina va uning soplosi iloji boricha oqim sathiga nisbatan
pastda joylashishi kerak.
Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra
bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi. Suv oqimi
cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 180
0
burchak ostida o‘zgartiradi.
Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila
boshlaydi. Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi (5.8
- rasm).
Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini oshirish uchun ish
g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar
o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi.
Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi
mumkin. Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi.
5.8
a
- rasmda ikki soploli cho‘michli turbinaning sxemasi ko‘rsatilgan.
Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094
ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha
soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi.
3.15-rasm.
Dostları ilə paylaş: