234
Rangli pirometr
– jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning
taqsimlanishini о‘lchashga asoslangan asbob.
Radiatsion pirometrlar
– issiq jism nurlanishining quvvatini о‘zgarishiga
asoslangan asbob.
Gazli termometrlar
- ishlash prinsipi temperatura ta’sirida gaz hajmining va
uning bosim kuchining ortishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi.
Kondensatsion manometrik termometrlar
- 25 dan 300 °C gacha bо‘lgan
intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladigan, quyi о‘lchash chegarasi -
25 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan
tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda
о‘zgarib turadigan temperatura o‘lchash asboblari.
Suyuqlikli manometrik termometrlar
– -50 dan 300 °C gacha bо‘lgan
temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladigan, quyi о‘lchash chegarasi -50 dan
100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlab
olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarib
turadigan temperatura o‘lchash asbobi.
Dostları ilə paylaş: