Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, o‘lchanayotgan fizik
kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xillashgan) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan
o‘zgartkichdir.
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi
– o‘lchash axboroti signallarini masofadan
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Mexanik o‘zgartkichlar
– kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, kuchlanish,
tezlik, ...) ni boshqa ko‘rinishdagi chiquvchi mexanik kattalikka (masalan,
ko‘chish, aylanish chastotasi, bosim, ...) aylantirib beradigan o‘zgartkichlar
Elektromexanik o‘zgartkichlar
- kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim,
ko‘chish, kuchlanish, ...) ni chiquvchi elektr kattaliklar (kuchlanish, elektr toki,
qarshilik, induktivlik, ...) ga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar
- shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini
shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi.
Parametrik o‘zgartkichlar
- shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi.
230
Termopara
- keng tarqalgan termoelektrik o‘zgartkichlardan biri bo‘lib, u
ikki turli moddadan iborat o‘tkazgichlar uchlarini birlashtirib payvandlash orqali
hosil qilinadi. O‘tkazgichlarning ikkinchi uchlari ikkilamchi asbobga ulanadi.
Datchik (ma’lumot beruvchi)-
nazorat qilinadigan yoki boshqariladigan
kattalikni boshqa turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun
qulay signalga aylantirib beruvchi element.
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar
- bu datchiklar tizimdagi
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni,
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi.
Reostatli datchik
– harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik
х
ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik.
Potensiometrik datchiklar
– reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi.
Tenzometrik datchiklar
– qattiq jismlarning elastik deformatsiyalarini
о‘lchash uchun ishlatiladigan datchiklar.
Sig‘imli datchiklar
- sig‘imli datchiklar sig‘imi о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik ta’sirida о‘zgaradigan kondensatordan iborat.
Termoelektrik datchiklar
- kirishdagi issiqlik ta’sirini chiqishda EYUK
signaliga aylantirib beradigan datchiklar bo‘lib, bu datchiklardan amaliyotda eng
kо‘p ishlatiladigani – termoparalardir.
Pezoelektrik datchiklar
- pezoeffektga ega bо‘lgan materiallardan (masalan,
kvars, fosfat ammoniydan) tayyorlangan plastinalar yig‘indisidan tashkil topadi.
Dielektrikning
yuza
qismini
mexanik
deformatsiyalanishidan
(masalan,
plastinalarga F kuch qо‘yilganda) ularning sirtida elektr zaryadlari paydo bо‘ladi
(23-rasm). Bunda zaryadlar yig‘indisi kuch miqdorini, uning belgisi esa kuch
yо‘nalishini bildiradi.
Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar
– bu o‘zgartkichlarning ishi magnit
oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar
birlamchi
asbob
sezgir
elementining
chiziqli
siljishini
o‘zgarmas
unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
231
Pnevmtik o‘gartkichlar
-
o‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish
signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan
o‘zgartkichlar bo‘lib, ularning ichida kuch kompensatsiyali va siljish
kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |