227
Noadditiv kattalik
– qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish
yoki bir-biriga bo‘lish ma’nosiz bo‘lgan kattalikdir.
Kattalik o‘lchami
–
muayyan miqdoriy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga
tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati
– kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum
bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
Kattalik birligi
- shartli ravishda 1 ga teng qiymat berilgan va o‘zi bilan bir
turli kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qo‘llaniladigan,
belgilangan
o‘lchamli kattalik.
Parametr
– berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan
kattalik.
O‘lchash vositasi
– metrologik tavsiflari meyorlangan (MTM), o‘lchami
(belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas
deb qabul
qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan,
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi
– o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va
zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning
kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni)
– kattalikning o‘lchamini
qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki
kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va
belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash
vositalarining majmui.
Dostları ilə paylaş: