232
Sanash qurilmali skoba
- bu ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan
skoba shaklidagi va bitta nuqtasining siljishi strelkali sanash qurilmasi orqali joriy
etiluvchi o‘lchash vositasidir.
Raqamli elktron mikrometr –
konstruksiyasida raqamli qayd etish qurilmasi
mavjud bo‘lgan mikrometr.
O‘lchash kallaklari
- siljishlar o‘qib olinadigan shkalali, o‘lchash
uchligining kichik siljishlarini milning katta siljishlariga aylantiruvchi mexanik
sanash qurilmalaridir.
Pishang-tishli indikatorlar
- uzatish mexanizmi bir yoki ikki tishli
juffliklardan tarkib topgan, buning ustiga o‘lchash uchligi bevosita pishangli
uzatmaning kichik yelkasida (birinchi yelkasida) joylashgan o‘lchash kallaklari.
Prujinali o‘lchash kallaklari
- uzatish mexanizmi sifatida yassi yoki
buralgan prujina va uning elastikligidan foydalanuvchi asboblardir. Prujinali
kallaklarda qalinligi 0,004 - 0,008 mm, eni 0,08 - 0,12 mm bo‘lgan bronza
tasmachalar qo‘llanadi. U ikki uchi qo‘zg‘almas holda bo‘lib, o‘rtasidan eshiladi.
O‘rta eshilgan qismiga shisha mil kavsharlanadi.
Optikator
- uzatish mexanizmi buralgan tasma shaklida, ko‘rsatkichi esa
shu’la fonida ingichka chiziq shaklida bajarilgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Mikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan,
qo‘shiluvchi silindri esa 8 mm ga teng (mikrokator va optikatorlarda 28 mm)
bo‘lgan prujinali o‘lchash kallagidir.
Minikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan,
uzatish esa tasmaning bir uchidagi pishang yordamida amalga oshirilgan prujinali
o‘lchash kallagidir.
Soqqali ich o‘lchagichlari
- o‘lchovchi uzeli o‘ziga xos sxemaga ega bo‘lib,
bu ich o‘lchagichlarida ponali uzatma prinsipi qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: