Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi nimani ifodalaydi? 
2.
O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishini tushuntirib bering. 
3.
O‘lchash asboblarida qo‘llaniladigan shartli belgilar nima uchun qo‘yiladi va 
ular nimani ifodalaydi? 
4.
Shtangenasboblar, ularning tuzilishi va qo‘llanilishi haqida tushuncha bering. 
5.
Mikrometrik o‘lchash asboblari, ularning tuzilishi, qo‘llanilishi va fazalliklari 
haqida ma’lumot bering. 
6.
O‘lchash kallaklari qanday qurilma hisoblanadi? 
7.
Detallarning ichki o‘lchamlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash 
asboblari haqida tushuncha bering. 
8.
Optik-mexanikaviy o‘lchash vositalariga nimalar kiradi va ular qanday 
o‘lchashlarda qo‘llaniladi? 
9.
Massani o‘lchash asboblarining turlarini ayting. 
10.
Laboratoriya tarozilari qanday turlarga bo‘linadi? 
11.
Temperaturani o‘lchashda qanday shkalalardan foydalaniladi? 
12.
Termometrlarning qanday turlari bor? 
13.
Temperatura signalizatori nima? U qanday maqsadlarda qo‘llaniladi? 
14.
Bosimni o‘lchash asboblari va ularning turlari haqida tushuncha bering. 
15.
Sathni o‘lchash asboblarining ishlash prinsipini tushuntiring. 
16.
O‘lchash mashinasi deganda nimani tushunasiz? 
17.
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari haqida tushuncha bering. 


225 
GLOSSARIY 
Metrologiya
 
– o‘lchashlar haqidagi fan.
 
Nazariy metrologiya

metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab 
chiqish predmeti bo’lgan sohasidagi metrologiya bo’limi. 
Amaliy 
metrologiya
– 
nazariy 
metrologiya 
ishlanmalarini 
va 
qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo’llanish masalalari bilan 
shug’ullanuvchi metrologiya bo’limi. 
Qonunlashtiruvchi metrologiya
 
– metrologiya bo’yicha milliy idora 
faoliyatiga qarashli va birliklar, o’lchash usullari, o’lchash vositalari va o’lchash 
laboratoriyalariga davlat talablarini o’z ichiga olgan metrologiya qismi. 
Apriop
– lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “
apriori – oldin keluvchi, 
dastlabki”
degan ma’noni bildiradi. 
O‘lchash 
- o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment 
yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro 
solishtiriladigan jarayon. 
O‘lchash jarayoni
– bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 
O‘lchash usuli
– bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash 
vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish, 
amalga oshirilish usulidir. 
O‘lchash natijasi
– o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash 
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanishi. 
Laboratoriyaviy о‘lchash 
- aniq bо‘ladi va о‘lchashning xatoligi aniqlanadi 
hamda hisobga olinadi. Bu о‘lchash ilmiy-tadqiqot ishlarida qо‘llaniladi. 
Texnik о‘lchash - 
bu о‘lchashda asbob xatosini aniqlamaydi, ammo asboblar 
tasdiqlangan xatolik chegarasida ishlatiladi. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo 
va tayyor mahsulotlarning kо‘rsatkichlari texnik о‘lchash yordamida aniqlanadi. 
Bir karrali о‘lchash 
- bir marotaba bajarilgan о‘lchash.
Kо‘p karrali о‘lchash 
- bir karrali о‘lchashning «
n
» barobar takrorlanishi.
Statik о‘lchash 
- о‘lchash vaqti davomida kattalik о‘zgarmaydi deb qabul 
qilingan kattalikni о‘lchash.


226 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin