142-rasm. ИЗМ rusumli o‘lchash mashinasi:
a
– umumiy ko‘rinishi;
b
– sxemasi;
d
– rostlashda nolni joriy qilish;
e
– o‘lchash jarayonida sanash.
214
3.18. Elektromexanik analog o‘lchash asboblarining tuzilishi,
ishlash prinsipi va turlari
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari
deb, o‘lchanayotgan fizik
kattalikning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi
informatsion o‘lchash signalini hosil qiluvchi elktr o‘lchash vositasiga aytiladi.
Bunday o‘lchash asboblarda qo‘zg‘aluvchan qismning holati o‘lchanayotgan
kattalikning qiymatiga bog‘liq. Ularning vazivasi va ishlash prinsipidan qat’I nazar
Elektromexanik asboblar o‘lchash zanjiri (O‘Z), o‘lchash mexanizimi (O‘M) va
qayt etish qurilmasi (QEQ) dan tashkil topadi. 143-rasmda elektromexanik
o‘lchash asboblarining ummumlashgan struktura sxemasi keltirilgan.
143 - rasm. Elektromexanik anolog o‘lchash asboblarining struktura sxemasi.
Elektromexanik
analog
asboblarining
umumiy
qismlariga
korpus,
qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlar,
teskari tasir etuvchi moment hosil
qiluvchi qurilma, tinchlantirgich, qayd etuvchi qo‘rilma, korrektor va arretirlar
kiradi.
Asbobning
korpusi
unung barcha qismlarini mahkamlash va tashqi ta’sirdan
himoyalash uchun xizmat qiladi. Korpus metall yoki plastmassadan turli shakilda
tayyorlanadi.
215
Qo‘zg‘almas qism
ko‘pgina asboblarda magnit uzakka o‘ralgan yoki
o‘zaksiz g‘altakdan iborat bo‘ladi. Ayrim asboblarda qo‘g‘almas qism doim
magnit yoki elektro‘tkazuvchi plastinka ko‘rinishida bo‘lishi mo‘mkun.
Asboblarning
qo‘zg‘aluvchan qismi
doimiy magnit, g‘altak, elektr
o‘tkazuvchi disk, elektromagnit erkin (qisqa tushirilgan bir o‘ramli g‘altak) yoki
ferromagnit o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan qism o‘z o‘qi atrofida
burilishi uchun u tayanch, tortqi yoki osmalarga o‘rnatiladi.
Teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiluvchi
spiral
yoki
lentasimon
prujinalar
(rastyajka) dan foydalaniladi.
Tinchlantirgich
asbob zanjirga ulanganda yoki o‘lchanayotgan kattalikning
qiymati o‘zgarganda qo‘zg‘aluvchan qismni tezroq tinchlantirish uchun xizmat
qiladi. Elektromexanik asboblarda
havoli, magnitoinduksiyali
va
suyuqlikli
tinchlantirgichlar ishlatiladi.
Elektromexanik asbobning
qayd etish qurilmasi
bir yoki bir nechta shkalalar
va ko‘rsatgich (strelka) dan iborat (144-rasm). O‘lchash asbobining vazifasi,
ishlash prinsipi va konstruksiyaga ko‘ra shkalalar va ko‘rsatgichlar bir necha xilga
bo‘linadi. Shkalalar
nomlangan,
ya’ni o‘lchanuvchi kattalik birliklarida
darajalangan yoki
shartli nomlangan
bo‘ladi. shkalalar shakliga kora,
to‘g‘ri
chiziqli-gorizontal
yoki
vertikal
, yoysimon (yoy burchagi 180
0
gacha bo‘lganda)-
gorizantal, vertikal
yoki qiya;
aylanma (
yoy burchagi 180
0
ko‘proq bo‘lganda
)
larga; belgilarning shkalada joylashish xususiyatiga ko‘ra, tekis (aylantiruvchi
momentning o‘lchanayotgan kattalikka bog‘likligi chiziqli bo‘lganda),
notekis
(yuqoridagi bog‘lik nochiziq bo‘lganda) larga; nolning joylashish o‘rniga ko‘ra,
bir
tomonli
(nol shkalaning o‘rtasida joylashgan),
ikki tomonli
(nol shkalaning
o‘rtasida joylashgan) shkalalarga farqlanadi.
Qayd etish qurilmasiga
nisbatan kuzatuvchi kishi ko‘zining noto‘g‘ri
joylashuv holati hisobiga hosil bo‘lgan xatolikni, ya’ni
pariallaks
xatolikni
kamaytirish maqsadida o‘lchash asboblarining shkalasi ko‘zguli qilinadi. Bunda
qayd etish qurilmasiga shunday qarash kerakki, ko‘rsatgich ko‘zguda o‘z aksini
berkitsin. Ko‘rsatgichlar har xil shakllarda yasalishi mumkin: yoysimon, nurli va
raqamli.
216
Turli sabablarga ko‘ra, asbob zanjirga ulanmagan paytda ham ko‘rsatgich
noldan biroz siljishi mumkin. Bu siljishni yo‘qotish uchun korrektor 2 dan
foydalaniladi. Korrektorning yurgizuvchisi (povodogi) 1 spiral prujinaning erkin
uchi 3 ga mahkamlanadi, ikkinchi uchi 4 esa asbobning qo‘zg‘aluvchan qismiga
ulanadi.
144-rasm. Qayd etish qurilmasi.
Arretir
transportirovka paytida elektromexanink asbob qo‘zg‘aluvchan
qismini mahkamlash yoki uning zanjirini tutashtirish uchun xizmat qiladi.
Elektromexanik asboblar qo‘zg‘aluvchan qismlariga turli momentlar ta’sir qiladi.
O‘lchash asbobida o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida yuzaga keladigan va
qo‘zg‘aluvchan qismini ma’lum burchakka buradigan moment
aylantiruvchi
moment deb ataladi
. Bu moment umumiy holda o‘lchanayotgan kattalik x va
qo‘zg‘aluvchan qism burilishi burchagi б ning funksiyasi bo‘lib, o‘lchash
mexanizmida to‘plangan elektromagnit energiyaning б burchak bo‘yicha
o‘zgarishi bilan tavsiflanadi:
d
dW
x
F
M
em
ayl
)
,
(
(2.1)
bunda:
M
ayl
- aylatiruvchi moment, W
em
- elektromagnit energiya.
Aylantiruvchi momentni hosil qilish usuliga ko‘ra, elektromexanik asboblar
magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va
induksion asboblarga bo‘linadi.
217
Agar asbobning qo‘zg‘aluvchn qismiga faqat aylantiruvchi moment ta’sir
qilsa, u holda asbobning qo‘zg‘aluvchan qismi o‘zining maksimal qiymatigacha
buriladi va o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga proporsional bo‘lmaydi.
Qo‘zg‘aluvchan qismning burilishi o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga proporsional
bo‘lishi uchun б burchakka bog‘liq ravishda o‘zgarishi lozim.
Elektromexanik asboblarda teskari ta’sir etuvchi moment quyidagi ikki xil
usulda hosil qilinadi:
1)
mexanik usul –
spiral prujina, tortqi yoki osma shaklda bo‘lib ,
ularning bir uchi asbob qo‘zg‘aluvchan qismiga, ikkinchi uchi esa qo‘zg‘almas
qismiga mahkamlanadi. Bunda teskari ta’sir etuvchi moment quyidagiga teng
bo‘ladi:
W
M
ayl
(2.2)
bunda: W - prujinaning solishtirma teskari ta’sir etuvchi momenti bo‘lib, qiymati
prujinaning o‘lchamlari va materiallariga bog‘liq:
2)
g‘altaklar maydonlarining
o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan
moment (logometrlarda). Asbob ko‘rsatgichining turg‘un holatiga aylantiruvchi va
teskari ta’sir etuvchi momentlar tenglashadi, ya’ni
M
ayl
= M
tes
(
2.3
)
O‘lchash asbobining dinamik ish rejimida, ya’ni qo‘zg‘aluvchan qismining
harakati paytida unga M
ayl
va M
tes
momentlardan tashqari
boshqa momentlar ham
ta’sir etadi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning havoga ishqalanishi,
tayanchlardagi ishqalanishlar, inersiya momentlari tufayli yuzaga keladi va asbob
xatoligini oshiradi.
Magnitoelektrik
o‘lchash
asboblari.
Magnitoelektrik
o‘lchash
mexanizimlarining ishlash prinsipi doimiy magnitning magnit maydoni bilan
qo‘zg‘aluvchan tokli ramkadan o‘tadigan tokning magnit maydoni ta’sirlashishiga
asoslangan. Magnitoelektrik o‘lchash mexanizimi (145 - rasm) doimiy magnit 1,
berk magnit o‘zak 2, magnit qutb uchi 3 va qo‘zg‘aluvchan ramka 4 dan tashkil
topgan.
|