209
bilan A koeffitsiyent kamayadi va 2,5 ч 3
m/s
dan ortiq tezlikda doimiy bo‘lib
qoladi. Sanoat psixrometrlarida gaz oqimining tezligini o‘zgartirmaydigan
qurilmalar bor. Bu tezlik 3 ч 4
m/s
dan kam emas.
Elektr psixrometrlarda temperaturani
aniqlash uchun termojuftlar, yarim
o‘tkazgichli termoqarshiliklar va standart metall qarshilik termometrlari
ishlatiladi.
140-rasmda qarshilik termometrlariga ega bo‘lgan elektr psixrometrning
prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobning o‘lchash kismi I va II ko‘priklaridan
iborat. Ikkala ko‘prik ham elektron kuchaytirgichning
ikkita umumiy R
1
va R
3
yelkalariga ega. R
mq
quruq qarshilik termometri I ko‘prikning yelkasiga, R
mH
ho‘l
qarshilik termometri II ko‘prik yelkasiga ulangan. I ko‘prik R
l
, R
2,
R
3
R
тқ
qarshiliklardan iborat. II ko‘prik R
1
R
3
, R
4
, R
mH
qarshiliklardan iborat.
140-rasm. Elektr psixrometrning sxemasi.
Ko‘prik diagonalining
a
va
b
uchlaridagi potensiallar farqi quruq qarshilik
termometrining temperaturaiga,
a
va
c
uchlaridagi potensiallar farqi esa ho‘l
qarshilik termometrining temperaturaiga mutanosib. Qo‘shaloq ko‘prik
diagonalining
b
va
c
nuqtalari orasidagi kuchlanishning pasayishi quruq va ho‘l
qarshilik termometrlarining temperaturalari farqiga mutanosib. O‘lchash tizimining
muvozanati RD reversiv dvigatel yordamida harakatga
keltiriladigan R reoxord
sirpang‘ichini avtomatik ravishda siljitish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shu bilan birga
210
dvigatel asbob strelkasini ham siljitadi. Asbobning shkalasi nisbiy namlik
foizlarida darajalangan.
Psixrometrik usulning afzalliklari - musbat temperaturada o‘lchashning yetarli
darajada aniqligi va inersionligining kichikligi; kamchiliklari - o‘lchash
natijalarining gaz harakati tezligiga va atmosfera bosimi o‘zgarishlariga
bog‘liqligi; temperatura pasayishi bilan sezgirlikning kamayishi va xatoning
ko‘payishidir.
Shudring nuqtasi usuli
yoki gazlarning namligini kondensatsion usul bo‘yicha
o‘lchash quyidagi bog‘lanishga asoslangan:
t
P
P
.
bu yerda:
Р
ф
-
shudring
nuqtasining
ф -
temperaturaida bug‘ning elastikligi,
Pa;
P
t
-
to‘yingan bug‘ning
t
temperaturadagi elastikligi,
Pa.
Shudring nuqtasini va tekshirilayotgan gazning temperaturaini bilish orqali
nisbiy namlikni aniqlash mumkin. Shudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega,
chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga
imkon beradi
(10...15
mPa
va undan ortiq). Bu usul bo‘yicha namlikni o‘lchash temperaturani
o‘lchashdan iborat. Shu usul bo‘yicha o‘lchash asbobining tuzilishi 141-rasmda
ko‘rsatilgan.
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq
havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha sirtiga
kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan.
Ko‘zguchada shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha
ulangan
fotoelement 8 yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib,
millivoltmetr ulanadi hamda ko‘zgucha temperaturaini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda
havo isitgich 5 ning elektr qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib,
ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom
bug‘langanda isitgich uziladi va ko‘zgucha isiydi. Shunday qilib, o‘lchash jarayoni
takrorlanib turadi.
211
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni
sovitish, kondensatsiya
paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish temperaturaini
o‘lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e’tiborni talab qiladi.
Shuning uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollardagina
ishlatiladi.
141-rasm. Kondensatsion namlik o‘lchagichning tuzilish sxemasi.
Dostları ilə paylaş: