200
uchun kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin
sizib o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet
ionlar o‘tib qolishining oldini oladi. Shunday qilib, shisha va kalomel
elektrodlardan iborat рН- metrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar
qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan
yig‘indi EYUK ni beradi:
E
У
=E
1
+E
2
+E
3
+E
x
,
bu yerda:
Е
1
- kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota
orasidagi potensialning keskin o‘zgarishi;
Е
2
- xlorid kislota eritmasi bilan shisha
elektrod zoldirsi ichki yuzasi o‘rtasidagi potensialning o‘zgarishi;
Е
3
- simob bilan
kalomel o‘rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning o‘zgarishi;
Е
х
- shisha
elektrod zoldirsi tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma o‘rtasidagi potensialning
o‘zgarishi.
Е
1
,
Е
2
va
Е
3
kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog‘liq
bo‘lmaydi va faqat temperaturaga qarab o‘zgaradi. Shisha elektrod zoldirning
tashqi yuzasida hosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuch Е
х
eritmaning рН miqdori
va temperatirasi bilan aniqlanadi. Binobarin, pH - metr elektr zanjirining yig‘indi
EYUK ma’lum temperatura uchun tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari
aktivligining funksiyasidan iboratdir. Bu EYUK ni o‘lchab tekshirilayotgan eritma
uchun рН kattalikni topish mumkin.
7>Dostları ilə paylaş: