196
suyuqliklarni tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi.
Suyuqliklarni tahlil qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga
konduktometrik, potensiometrik, optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi.
Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ba’zi birlarini ko‘rib
chiqiamiz.
135-rasm. Konduktometrning ikki elektrodli o‘lchash sxemasi.
Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli.
Elektrolit
eritmalarining
konsentratsiyasini
ularning
elektr
o‘tkazuvchanligiga
ko‘ra
o‘lchash
(konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida avtomatik
nazorat
qilish
uchun
ham
keng
qo‘llaniladi.
Konduktometrik
konsentratometrlarning ishlashi eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining ular
konsentratsiyasiga bog‘liqligiga asoslangan.
Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar
dissotsiatsiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi
eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligiga sabab bo‘ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va
kuchsiz elektrolitlar bo‘ladi. Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga
dissotsiatsiyalangan bo‘ladi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalarida esa ma’lum
miqdorda dissotsiatsiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi.
Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini
baholash uchun
Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm
3
197
eritmada 1 gramm-ekvivalent modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi
sifatida aniqlanadi:
,
bu yerda:
л
- eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; у - eritmaning
solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. Sm/sm; з -
erigan moddaning ekvivalent
konsentratsiyasi,
g· ekv/sm
3
.
Barcha elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissotsiyalanish
kuchayishi natijasida eritma suyula borishi bilan ortadi. Eritma to‘la
dissotsiatsiyalanganda (ya’ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga
erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning
tabiati hamda uning konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Kolraush qonuni bilan
aniqlanadi:
у=б∙з(
Dostları ilə paylaş: