186
Turli xil belgilar bo‘yicha analitik o‘lchash vositalarini tasniflash ancha
qiyin. O‘lchash vositalarini tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari,
komponentlar soni,
ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish uslubi va
hokazolar bo‘yicha tasniflash mumkin.
Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: namunani
oldindan o‘zgartirmasdan - termokonduktometrik, termomagnit, absorbitsion
optik
(infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan
o‘zgartiriladigan - elektr-kimyoviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik,
potensiometrik) termokimyoviy, fotokalorimetrik,
alanga-ionlashuv, aerozol-
ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar.
Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda
sanoatda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng
tarqalgan: konduktometrik, potensiometrik, polyarografik, dielkometrik, optik
(refraktometrik, polyarizatsion, turbodimetrik, nefelometrik), to‘yingan bug‘
bosimlari bo‘yicha, radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushoqlik) va
boshqalar, hamda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirish bilan — titrometrik.
Gazlarning tarkibini tahlil qilish.
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz
aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida
ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz anlizatorlari sanoatning barcha sohalarida
va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi
yillarda atrof-muhitni
muhofaza qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat
korxonalari chiqindilari tarkibidagi zarari qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish
xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga
mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin
kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat qilish uchun
havoni
ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi
moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz
aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun
mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi
aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy
187
xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa,
ularning tarkibi va
konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz
aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz
analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan
muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi,
chiqish
signalini unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga
ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilishda, tahlil qilinayotgan aralashma
tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi.
Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish
imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy
usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik
xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish
Dostları ilə paylaş: