Sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash.
Texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan
moddalar sathni o‘lchash — suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha
murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to‘ldirishda va
bo‘shatishda gorizontal sirtga ega bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning
zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida qiyaliklar hosil
qilishi bilan bog‘liq. Sochiluvchan muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi
184
sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal
qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum,
selitra, shakar, un, tuz va shularga o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini
yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular
idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin,
bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal
tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning
(bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath
datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik
shikastlantirishi mumkin.
Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar,
oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum
sharoitlarda esa portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. Shuning uchun elektr
sath o‘lchagichlar, faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi
mumkin.
Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi
sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini
belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli,
ultratovushli va boshq. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni
o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan
moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan
moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT
ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalarni hal qila olmaydi.
Membranali sath o‘lchagichlar sochiluvchan yopishmaydigan moddalarning
chegaraviy sathlarini o‘lchash va signal berishda keng tarqalgan. Bunker devoriga
mahkamlanadigan sochiluvchan modda sathini membranali signallovchida (129-
rasm) sochiluvchan moddalarning bosim kuchi qattiq metall disk 2 li rezinalangan
matodan qilingan egiluvchan membrana 1 ga ta’sir qiladi va prujina 3 ning kuchini
yengib, uni siljitadi. Bu siljish korpus 5 ning ichida joylashgan mitti almashlab
ulagich 4 ning elektr kontaktlarining ulanishiga olib keladi. Kontaktlar membrana
185
ustidagi sochiluvchan kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipida
ishlaydi.
129–rasm. Membranali sath signalizatorining sxemasi.
Dostları ilə paylaş: |