212
ИЗМ rusumli bir koordinatli o‘lchash mashinasi chiziqli o‘lchamlarni asbob
ichiga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas shkala bilan qiyoslash usulida,
kasrli qismini
o‘lchovchi uchliklardan biri bilan harakatlanuvchi qo‘shimcha shkala va optimetr
naychasidan sanaladigan o‘lchash asbobidir. O‘lchash mashinasi (142-rasm) bikr
stanina (9), uni yo‘naltiruvchilari bo‘ylab harakatlanuvchi pinolli (1) va o‘lchovchi
(5) babkalardan tarkib topgan o‘lchash asbobidir. Naycha (1) o‘rnatilgan pinolli
babka (2) stanina yo‘naltiruvchilarining butun uzunligi bo‘yicha
yurishi mumkin,
optimetr (6) va hisob mikroskopi (7) o‘rnatilgan babka (5) esa faqat 100 mm ga
siljiydi. O‘lchovchi babkani dastlabki o‘rnatilishi reykali uzatma, anig‘i esa
mikrometrik murvat (8) yordamida amalga oshiriladi.
Har ikki babkaga kronshteynlar (11) va (17) orqali babkalar bilan
birga
harakatlanuvchi prizmalar (12), (16) hamda obyektivlar (13), (15)
dan tarkib
topgan ikkita bir xil optik tizimlar qo‘shilgan. Stanina (9) da har bir 100 mm da
alohida raqamli, qo‘shaloq chiziqli shisha plastinkalar (14) bilan jihozlangan
detsimetrli shkalalar o‘rnatilgan. Agar mashinaning yuqori o‘lchash chegarasi 1000
mm bo‘lsa, bunday detsimetrli intervallar to‘qqizta bo‘ladi, ya’ni to‘la
yuqori
o‘lchash chegarasiga bir detsimetr yetmaydi. Yetishmaydigan detsimetr o‘rnini
uzunligi 100 mm va bo‘linmalari qiymati 0,1 mm ga teng bo‘lgan shisha shkala
(10) bosadi.
Ustida babka turgan shisha plastinkalarni yoritish uchun pinol babka (1)
ichida chiroq (18) o‘rnatilgan. Bo‘linmali plastinkani yorituvchi yorug‘lik nurlari
prizma (16) dan gorizontal yo‘nalishda qaytadi va obyektiv (15) dan o‘tib, parallel
nur tarami shaklida bo‘ladi. Ob’yektiv (13) parallel nur taramini yig‘adi va u
prizma (12)
dan qaytib, shisha shkala (10) tekisligida shisha plastinka (14) ning
qo‘shaloq chizig‘i raqamining tasviri shkala (10) bo‘linmalari bilan birga
mikroskop orqali kuzatiladi. Mashinaga o‘lchanuvchi obyektni joylash uchun
boshqariluvchi lyunetlar (3) (uzun detallar uchun) va universal stolcha (4) (kalta
detallar uchun) xizmat qiladi. O‘lchash oldidan pinol babkasi o‘lcham
qiymati
tarkibidagi to‘la mm lar soniga to‘g‘ri keladigan shisha plastinka ustiga qo‘yiladi.
O‘lchovchi pinol o‘ng tomonga suriladi va lyunetlar yoki universal stolchaga
213
o‘lchanuvchi obyekt joylashtiriladi. Undan keyin, o‘lchovchi babka optimetrning
uchligi o‘lchanuvchi obyektga taqalguncha suriladi.
O‘lchanuvchi obyekt o‘lchash chizig‘i bo‘yicha to‘g‘rilangandan keyin,
o‘lchovchi babka mikrometrik murvat (8) yordamida shkala (10)
ning eng yaqin
chizig‘i bilan qo‘shaloq chiziq tasviri birlashguncha suriladi. Mashina nolga
qo‘yilgan holda mikroskop va optimetr shkalalari 142 d - rasmda ko‘rsatilgan.
O‘lchangan qiymat qo‘shaloq chiziq bo‘yicha yuz millimetrlar, o‘nlar, millimetrlar
va millimetr o‘nlilari - yuz millimetrli shkala bo‘yicha, millimetrni yuzli va
minglilari optimetr shkalasidan (ishorasini hisobga olgan holda) olingan qiymatlar
soniga teng. 69e-rasmdagi qiymat 562,195 mm gateng.
Dostları ilə paylaş: