86
Shtangenasboblar bilan o‘lchash xatoligi tashqi yuzalar o‘lchanganda nonius
bo‘linmasining ikkitasiga, ichki yuzalarni o‘lchaganda uchtasiga teng bo‘ladi.
O‘lchash xatoliklarining asosiy sabablari shkaladan o‘lchamni parallaks,
shtangensirkul yordamida o‘lchaganda esa qo‘shimcha,
Abbe tamoyiliga rioya
qilmaslik natijasida yuzaga kelgan o‘qib olish xatoliklaridir. Parallaks natijasida
hosil bo‘lgan xatoliklar sababi - nonius va shkalaning chiziqlari bir tekislikda
yotmasligidir. Shu sababdan operatorning ko‘zi har xil burchak ostida qaraganda
chiziqlarni ko‘rinarli siljishi kuzatiladi. Abbe tamoyili shundan iboratki, o‘lchov
bilan solishtirish usuli bo‘yicha o‘lchaganda o‘lchanayotgan o‘lcham o‘lchovga
nisbatan (ya'ni, shkalaga)
ketma-ket joylashsa, parallel joylashganga nisbatan
o‘lchash xatoligi kamroq bo‘ladi. Shtangensirkul va shtangenreysmas yordamida
o‘lchaganda o‘lchanuvchi o‘lcham o‘lchovga nisbatan parallel joylashadi,
chuqurlik shtangen-o‘lchagichi bilan o‘lchaganda ketma-ket joylashadi.
3.5. Mikrometrik o‘lchash asboblari
Mikrometr
- ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan, nuqtalardan biri
rezbali juftlik (murvat va gayka)
yordamida siljiydigan, korpusi skoba shaklidagi
o‘lchash vositasidir. Hozirgi kunda mikrometrlarning bir qancha turlari mavjud,
bularga qo‘lda o‘lchashga mo‘ljallangan mikrometrlar, stolda o‘lchashga
mo‘ljallangan mikrometrlar,
silliq mikrometrlar, richagli mikrometrlar, trubalar
o‘lchamlarini o‘lchaydigan mikrometrlar, universal mikrometrlar va boshqalar
kiradi. Bularning ichida keng tarqalgan turi silliq mikrometrlardir (46-rasm). Silliq
mikrometrlarning tuzilishi va tashkil etuvchi detallari 47-rasmda berilgan. Skoba
(7) da (47 a, d - rasm) qo‘zg‘almas nuqtani tasvirlovchi qo‘zg‘almas tovoncha (1)
va rezbali juftligining band (2) da mahkamlangan gaykasi (5)
joylangan ikkinchi
o‘lchash nuqtasini tutib turuvchi murvat (3) baraban (4) bilan biriktirilgan.
Baraban (4) korpusida murvat (3) ni yuzi ma’lum kuch bilan kontakt qilishini
ta’minlaydigan barqarorlashtiruvchi qurilma (6) joylashgan. Band (2) yuzasida uni
o‘qi bo‘ylab uzluksiz chiziq o‘tkazilgan. Bu chiziq baraban (4) orqali murvat (3)
ning to‘la aylanishlarini sanash uchun xizmat qiladi. To‘liq aylanishlar baraban (4)
ni nol chizig‘i chiziq (8) bilan to‘g‘ri kelganda hisoblanadi. Barabanning qiya
87
yuzasida baraban (4) ning aylanish qismlarini o‘qish uchun bo‘linmalar (10)
chizilgan. Ko‘pincha murvat qadami 0,5 mm ga teng qabul qilinadi, u mahalda
barabanga 50
interval chiziladi, ya’ni baraban bir intervalga buralganda
murvatning siljishi 0,01 mm (0,5:50=0,01) ga teng bo‘ladi.
O‘qish qulayligi uchun murvat qadami 0,5 mm ga teng bo‘lganda band (2)
dagi chiziqlar o‘q chizig‘ining ikki tomonida ko‘rsatiladi. O‘q chizig‘ining bir
tomonidagi chiziqlar barabanni (va murvatni) noldan 1;2;3 mm va hokazo
siljishiga to‘g‘ri keladi, ikkinchi tomonidagi chiziqlar esa barabanni noldan
0,5;1,5;2,5 mm. ga va hokazo siljishiga to‘g‘ri keladi. Murvat qadamiga karra
bo‘lgan o‘lchash natijasi o‘qilganda, avval barabanning qiya yuzasi banddagi qaysi
bir bolinmani ochganligiga e’tibor beriladi va rezba qadamiga karra ko‘rsatish
o‘qiladi,
undan keyin, bandni o‘q chizig‘iga to‘g‘ri kelgan barabanning qiya
yuzasidagi chiziqqa qarab, o‘nli va yuzli kasr qismlari o‘qiladi (47 b-rasm).
46-rasm. Silliq mikrometrning umumiy ko‘rinishi.
47-rasmda ko‘rsatilgandek, pastki bo‘linmalari millimetrning butun
qiymatlariga to‘g‘ri keladi va har bir 5 mm oraliqda raqamlangan, yuqorisidagi
bo‘linmalar (9) esa 0,5 mm da tugallanadi. Tashqi o‘lchamlarni o‘lchashlarga
moijallangan
mikrometrlar rezbalarni, tishli g‘ildiraklarni o‘lchash uchun ishlab
chiqariladi. Eng ko‘p tarqalgan mikrometrlar silliq mikrometrlardir (47-rasm).
89
(48-rasm). Konstruksiyasi mikrojuftlik (1) va mikrojuftlik o‘rnatilgan planka (2)
dan iborat. O‘lchash ko‘lami, odatda, 100 yoki 200 mm ni tashkil qiladi va
almashinuvchi o‘lchash tayoqchalari (3) bilan jihozlanadi.
Dostları ilə paylaş: