Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
48-rasm. Mikrometrik chuqurlik o‘lchagichi. 
 
 
Pishangli (richagli) mikrometr
- korpusi skoba shaklida, ikkita nuqtali 
o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan va bitta nuqtasi rezbali juftligi yordami bilan
ikkinchisi esa milli sanash qurilmasi orqali joriy etiluvchi mikrometrik o‘lchash 
vositasidir. Milli sanash qurilmasi korpus chuqurlik ichiga o‘rnatilgan yoki 
olinadigan bo‘lishi mumkin o‘lchagichi. (49-rasm). Binobarin pishangli 
mikrometrlarda har ikki o‘lchash yuzalari sanash qurilmalari bilan bog‘liq. Bunda 
bitta o‘lchash yuzasi (4) mikromurvat (6) uchida joylashgan va uning siljishi 
mikrojuftlik shkalasida o‘qiladi, ikkinchi o‘lchash yuzasi esa milli sanash 
qurilmasi bilan bog‘liq. Ikkita o‘lchash yuzalari (3 va 4) orasida turgan detal 
o‘lchamini aniqlash uchun mikrojuftlik va milli sanash qurilma ko‘rsatishlarining 
algebraik yig‘indisi olinadi. Mikrometrik juftlik oldin ko‘rilgan mikrometiga 
o‘xshaydi va mikromurvat (6), gayka (8), o‘qi bo‘yicha shkalali band (5) va qiya 
yuzasida bo‘linmalari bor baraban (7) dan iborat.
 
Pishangli mikrometr mikro juftligi konstruksiyasini prinsipial farqi - 
o‘lchash kuchini barqarorlashtiruvchi qurilmasi yo‘qligidadir. Uning hojati yo‘q, 


90 
chunki kuch tutashuvchi milli sanash qurilmasi mexanizmi bilan ta’minlanadi. 150 
mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun mo‘ljallangan pishangli mikrometrlarning 
milli sanash qurilmalari skobaning ichiga o‘rnatiladi. Kattaroq ko‘lamlar uchun 
bo‘linmasining qiymati 0,01 mm ga teng soatsimon indikatorlar yoki 
bo‘linmalarining qiymati 0,002 mm ga teng bo‘lgan pishang-tishli kallaklar 
qo‘llanadi. 49-rasmda ichiga standart pishang-tishli o‘lchash kallagi joylashtirilgan 
mikrometr ko‘rsatilgan. 
Bu yerda o‘lchash yuzasi (3) ga ega tayoqcha siljiganda, pishang (1) orqali 
sektor (12) ga uzatadi; sektor (12) o‘qida mil (10) o‘rnatilgan g‘ildirak bilan 
ilashgan. O‘lchash yuzasi 3 ni arretirlash (qaytarish) uchun ekssentrik qurilmasi 
xizmat qiladi, tugmacha (9) bosilganda, tayoqcha (9) qaytadi. 
Pishangli mikrometr yordami bilan o‘lchaganda o‘lchanayotgan detal (3) va 
(4) yuzalar orasida joylanishi va mikrojuftlikda band va baraban chiziqlari bir-
biriga to‘g‘ri keladigan, o‘lchash vositasining o‘lchash yuzasi (3) bilan bog‘langan 
mili esa shkala bo‘yicha qiymatni o‘qish imkoniyati.
Undan keyin, 0,01 ga karra o‘lcham qiymati mikrojuftlik bo‘yicha o‘qiladi, 
qolgan qismi esa milli sanash qurilmasidan o‘qilgan qiymat, ishorasiga qarab, 
mikrojuftlikdan o‘qilgan qiymatga qo‘shiladi yoki undan ayriladi. Pishangli 
mikrometrlar 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar ko‘lamini qamraydi. 
Mikrojuftlik bo‘linmalarining qiymati 0,01 mm ga teng, milli o‘qish qurilmasi 
bo‘linmalarining qiymati 0,002 mm (500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun) 
yoki 0,01 mm (500 mm dan ortiq o‘lchamlar uchun) 25 mm dan ortiq bo‘lgan 
barcha pishangli mikrometrlar bitta yoki bir nechta (katta o‘lchamlar ko‘lami 
uchun) joriy qiluvchi o‘lchovlar bilan jihozlanadi. Pishangli mikrometrlarni yassi-
parallel uch o‘lchovlar yordamida ham rostlash mumkin.
 
Richagli mikrometrlar detallarning chiziqli tashqi o‘lchamlarini o‘lchashda, 
asosan, detallarning o‘lchamlarini uning haqiqiy kattaligi bilan solishitirsh 
maqsadida ishlatiladi. 50-rasmda richagli mikrometrlardan birining umumiy 
ko‘rinishi tasvirlangan. Bu mikrometrning texnik xarakteristikalari 3-jadvalda 
berilgan. Mikrometrda dastlab o‘lchanayotgan kattalikning nominal o‘lchami 
o‘rnatib olinadi, nominal o‘lchamdan og‘ishlar esa indikatordan o‘qib olinadi. 


91 
49 - rasm. Richagli mikrometr: 
a
– sxemasi; 
b
– ichiga o‘rnatilgan sanash qurilmasi bilan 
jihozlangan mikrometr; 
d
– olinadigan sanash qurilmasi bilan jihozlangan pishangli mikrometr. 
50-rasm. Richagli mikrometrning umumiy ko‘rinishi. 
3 – jadval. 
Richagli MP mikrometrining texnik xarakteristikasi
 
Rusumi
O‘lchash diapazoni, 
мм
Xatoligi, мм
МР-100
75-100
±0,0030


92 
 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin