96
54-rasm. Pishang-tishli yon shkalali indikatorlar:
a
– sxemasi;
b
– umumiy ko‘rinishi.
Pishang-tishli indikatorlar yordamida, asosan, tepishlar o‘lchanadi.
O‘lchanayotgan yuzalarga nisbatan indikatorlar yon tomoni bilan o‘rnatiladi.
Shuning uchun ko‘pincha bu kallaklarni o‘q bo‘yicha harakatlanuvchi, ya’ni
o‘lchash chizig‘ining o‘qini o‘lchash tayoqchasining o‘qiga
mos keluvchi
(masalan, soatsimon indikatorlar) kallaklardan farqlab, yon harakatli kallaklar deb
atashadi. O‘lchash qiyin bo‘lgan joylarda uchlik (1) o‘rnatilgan pishangli
uzatmaning birinchi yelkasi ikkinchi yelkasi (2) bilan kuchli yassi prujinali friksion
qurilma yoki mufta orqali biriktiriladi. Bunday tuzilishi tufayli birinchi
pishangning birinchi yelkasi ikkinchi yelkasiga nisbatan o‘rta holda ± 90° ga
burilishi mumkin. Ishning qulay bolishi uchun pishang-tishli indikatorlarning
ko‘pchiligida yelka (2) ni eng chekka chap yoki o‘ng hollarga buruvchi o‘zgartkich
(11) ko‘zda tutilgan.
Shu tufayli, o‘lchash chizig‘ining yo‘nalishi o‘zgaradi.
O‘zgartkichi yo‘q, lekin ikki yo‘nalishda o‘lchashni ta’minlovchi kallaklar ham
ma’lum. Bunga yon shkalali, tashqi korpusli silindrik pishang-tishli indikator misol
bo‘ladi. Zarur bo‘lganda, kerakli tomonga kallakni o‘zi buriladi. O‘lchamni yanada
qulaylash uchun indikatorlar maxsus oshiq-moshiqli tutqich (10) bilan
ta’minlanadi.
97
Pishang-tishli indikatorlar yengil (30—50 g) va o‘lchash kuchi kam (8 dan
35 N gacha) bo‘lgani uchun ular olcham tebranishlarini, ayniqsa, noqulay joylarda
va ko‘pincha bevosita stanoklarda o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Bo‘linmalarning
qiymati, odatda, 0,01 mm, ba’zan 0,002 mm ga teng bo‘ladi. Bo‘linmalarining
qiymati 0,001 mm ga teng indikatorlarni o‘lchash ko‘lami 0,8 mm (nol belgisi
bilan ±40 bo‘linma), bo‘linmalari 0,002 mm ga teng bo‘lgan
indikatorlarniki esa
0,2 mm ga teng. Odatda, pishang-tishli indikatorlar bir aylanishli bo‘ladi. Uzatish
mexanizmi pishang va tishli uzatmalardan tarkib topgan, o‘lchash tayoqchasi o‘qi
bo‘yicha harakatlanuvchi o‘lchash kallaklari pishang-tishli o‘lchash kallaklari deb
ataladi.
O‘lchash tayoqchasi o‘qi bo‘yicha harakatlanuvchi o‘lchash kallagi bo‘lmish
soatsimon indikatordan farqi shundaki, pishang-tishli o‘lchash kallaklarida
mexanizmning kinematik zanjir boshida pishanglar qo‘llash natijasida bu kallaklar
bo‘linmalarining qiymatlari 0,001 va 0,002 mm gacha kamaytirilgan. Pishang-
tishli kallaklar, odatda, bir va ko‘p aylanishlarga bo‘linadi. Bir aylanishli kallaklar,
odatda, ikki pishangli va bir tishli juftliklardan tarkib topgan (55-rasm).
Uchida uchligi bor o‘lchash tayoqchasi (1) yuqorisidagi
yassi yuzasi bilan
birinchi pishang juftligi kichik yelkasi (11) ning uchida joylashgan sferaga tegib
turadi. Pishangli uzatmaning katta yelkasi (7) sektor (5) da joylashgan sferik
tayanchga tegib turadi. Sektor (5), o‘qida mil (3) o‘rnatilgan tishli g‘ildirakcha
bilan ilashgan. Shu o‘qning o‘ziga «qil prujinaning» bir uchi mahkamlangan,
ikkinchi uchi esa mexanizm o‘rnatilgan asosga mahkamlangan.
«Qil prujinaning» vazifasi tishli g‘ildiraklarning bir profili bo‘yicha
ilashishini ta'minlashdir. Pishang va tishli uzatmalar hammasi bitta asos (plata)da
joylashgan. Nolga qo‘yish uchun asos murvat (10) yordami bilan o‘q (9)
atrofida
buriladi. Prujina (6) asosni murvat (9) ga taqab turadi. Binobarin, murvat (10)
buralishi bilan butun mexanizm tayoqcha (1) dagi qo‘zg‘almas tekislik atrofida
buriladi. O‘lchash uchligini arretirlash o‘lchash tayoqchasi (1) ning yuqorisidagi
uchiga ta'sir qiluvchi pishang (2) yordamida amalga oshiriladi. Kallakning
korpusida joizlik chega- ralaririi joriy qiluvchi ko‘chma ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan.
98
55-rasm. ИГ rusumidagi bir aylanishli pishang-tishli o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi;
b
- umumiy ko‘rinishi.
Ko‘p aylanishli kallaklar
(55-rasm) bir aylanishli
kallaklarga nisbatan
kattaroq ko‘rsatish ko‘lamini ta’minlaydi. Bunga yana bitta pishang uzatmasi
qo‘shilishi bilan erishiladi. Bu kallak ko‘p aylanishli bo‘lganligi uchun uning
sxemasi o‘qida aylanish sonini hisoblovchi mil o‘rnatilgan qo‘shimcha tishli
g‘ildirakcha ko‘zda tutilgan. Qolgan hamma sxematik va prinsipial yechimlari bir
aylanishli kallaklardagidek.
Pishang-tishli o‘lchash kallaklarining turlari bo‘linmalari
qiymati bilan
farqlanadi. Kallaklar, asosan bo‘linmalari qiymati 0,001 mm va 0,002 mm ga teng
ishlab chiqariladi. Bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lgan bir aylanishli
kallaklarning ko‘rsatish ko‘lami ± 0,05 mm ga va 0,002 mm lilarniki ±0,10 mm ga
teng. Ko‘p aylanishli kallaklarda esa bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lsa,
ko‘rsatish ko‘lami 1 mm gacha, 0,002 mm bo‘lsa, 2 mm ga teng.
Dostları ilə paylaş: