3.9. Optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari
Konstruksiyasida optika va mexanika ishlash prinsiplari qo‘shilgan asboblar
optik-mexanikaviy o‘lchash vositalari
deb ataladi. Bu asboblarda optik ishlash
prinsipi vizirlash (o‘lchanuvchi o‘lcham chegarasini vizir chizig‘i va hokazoga
to‘g‘rilash) uchun yoki o‘lchanuvchi o‘lcham qiymatini aniqlash uchun qo‘llanadi.
Optimetr
- o‘zgartiruvchi elementi pishang-optika mexanizmiga ega, chiziqli
o‘lchamlarni o‘lchov bilan qiyoslovchi asbob (63-rasm). Bu asbobda bevosita
o‘lchovchi kallak sifatida optimetr naychasi xizmat qiladi. Bu naychalar okulyar va
proyeksion (ekran) turida bo‘lishi mumkin. Okulyar turidagi naychada kuzatuvchi
okulyarga qarab, o‘lcham qiymatini shkala bo‘yicha o‘qiydi, proyeksion turli
naychada esa sanash ekranda amalga oshiriladi.
Optimetr naychasining ishlash tamoyili o‘lchanuvchi yuza bilan kontaktda
bo‘lmish, o‘lchovchi tayoqcha bilan bikir bog‘langan chayqaluvchi ko‘zgudan
olingan avtokollimatsion tasvir olishga asoslangan. Nurlar oqimi ko‘zgu (4) orqali
106
(63-rasm) naychaga yo‘naltiriladi va prizma (3) daт o‘tib, plastinka (1) dagi
shkalani yoritadi. Naychaning ixchamligi va г bilan ishlash qulayligini taэminlash
uchun shkala tasvirini prizma (10) 90
o
ga buradi. Obyektiv (9) ning o‘qidan
chetroq bo‘lgan yuza qismidan o‘tib shkala tasviri ko‘zgu (8) ga tushadi va undan
qaytib, obyektiv (9) n o‘qidan boshqa tomoniga tushadi. Undan keyin, shkala
tasviri prizma (10 ning boshqa qismidan qaytadi va plastinka (1) ning boshqa,
qo‘zg‘alma: mil shaklidagi ko‘rsatkich belgilangan joyiga tushadi. Shkalaning bu
tasvir va ko‘rsatkichini operator okulyar (2) orqali kuzatadi.
Ko‘zgu korpus ichida plastinka (5) va ikkita soqqadan tarkib topgar oshiq-
moshiqqa o‘rnatilgan. O‘lchash tayoqchasi (7) bir uchida o‘lchovchi uchlik (6),
ikkinchi uchida esa chayqaluvchi ko‘zgu (8) bilan kontaktlovchi sferaga ega.
Ko‘zgu tayanchidan tayoqcha o‘qigacha bo‘lgan masofa (63a-rasm) naycha
pishangli uzatmasining mexanikaviy yelkasi, qolgar pishanglar esa optik
pishanglardir. Tayoqcha (7) siljiganda ko‘zgu (8) buriladi va shkalaning tasviri
qo‘zg‘almas ko‘rsatkichga (milga) nisbatar siljiydi. Umuman olganda,
optimetrning
naychasi
birinchi
pishangi
mexanikaviy,
keyingilari
esa
avtokollimatsiya prinsipini ishlatuvchi optik pishangli kallaklarga o‘xshaydi.
Yorug‘lik nurlari optik tizimining bir qismidan nur tarami shaklida chiqib,
yassi ko‘zgudan qaytib, optik tizimini teskari yo‘nalishda o‘tishi
avtokollimatsiya
deb ataladi. Ekranli optimetr naychasida (63d-rasm) prizma (10) o‘rniga
qo‘zg‘almas ko‘zgu o‘rnatilgan, shkala aksi esa chayqaluvchi ko‘zgudan
qo‘shimcha qaytaruvchi ko‘zgular tizimi orqali qo‘zg‘almas belgi qo‘yilgan
ekranga tushadi. O‘lchash kallaklaridan farqli ravishda optimetr naychalari
ustunlari bilan birga chiqariladi va ular konstruksiyasiga qarab vertikal va
gorizontal optimetrlarga bo‘linadi. Naycha bo‘linmalarining qiymati 0,001 mm,
ko‘rsatish ko‘lami esa ± 0,1 mm ga teng.
Bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm, ko‘rsatish ko‘lami esa ± 0,025 mm ga
teng bo‘lgan optimetrlar ham ma’lum, lekin ular kam tarqalgan. Ular ko‘proq
ultraoptimetr
deb ataladi. Optimetr naychalaridan farqli ravishda ultraoptimetrda
shkala tasviri chayqaluvchi ko‘zgudan ikki marta qaytadi, natijada optik
pishangning uzunligi ortadi. Vertikal optimetrlarning naychasi (1) (63b, d - rasm)
107
kronshteyn (4) da o‘rnatilgan. U ustun (2) da balandligi bo‘yicha gayka (5)
yordamida siljitilib, kerakli joyda murvat (3) bilan mahkamlanishi mumkin. Joriy
o‘lchov yoki o‘lchanuvchi detallar stolcha (6) ga joylashtiriladi. 63b-rasmda
ko‘rsatilgan optimetrning o‘lchash ko‘lami 0 dan 180 mm gacha, 63d-
rasmdagisiniki esa 0 dan 200 mm gachadir.
63-rasm. Optimetr:
a
– okulyar tur optimetr naychasining sxemasi;
b
– okulyar tur
naychali vertikalotimetrning umumiy ko‘rinishi;
d
– ekran tur naychali vertikal optimetrning
umumiy ko‘rininsh.
Gorizontal optimetrlarda ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun maxsus,
olinadigan moslamalar (ilgaklar) o‘rnatilishi mumkin. Gorizontal optimetrlarning
tashqi o‘lchamlarni o‘lchash ko‘lami 500 mm gacha, ichki diametral o‘lchamlarni
o‘lchaganda 13,5 dan 150 mm gacha bo‘ladi. Gorizontal optimetrlar har xil
moslamalar, shu jumladan, ichki o‘lchamlari 0 dan 13,5 mm gacha bo‘lgan
o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi kontakt elektron indikatorli maxsus
kallak bilan jihozlanadi. Undan tashqari, tashqi rezbalarni o‘lchovchi moslama
bilan ham jihozlanadi.
Optik uzunlik o‘lchagichi
- chiziqli o‘lchamlarni asbob ichiga o‘rnatilgan
shkala bilan qiyoslash usuli bilan ishlaydigan o‘lchash asbobidir. Shkala
o‘lchovchi tayoqcha bilan birga harakatlanadi. Shkalaning kasr qismi maxsus
okulyar yoki proyeksiyalovchi mikroskopi ichiga o‘rnatilgan nonius yordamida
108
sanaladi. Boshqacha aytganda, uzunlik o‘lchagichi shtangensirkulga o‘xshaydi,
chunki unga o‘xshab shkala va noniusga ega. Farqi - shkala aniqligi tufayli
o‘lchash aniqligining yuqoriligi, nonius ishlash usuli va Abbe tamoyiliga amal
qilishidadir. Birinchi bo‘lib uni Abbe ishlagani bois «Abbe uzunlik o‘lchagichi»
deb ataladi.
Har bir millimetrda bo‘linmalari bor shkala (6) (64-rasm,
a
) pinol (5) da
joylashgan, pinol uchida stol (3) da joylashgan o‘lchanuvchi detal bilan
kontaktlashadigan uchlik (4) o‘rnatilgan. Chiroq (1) dan nur shkala (6)
bo‘linmalarini yoritadi va shkala bo‘linmalari tasvirini obyektiv (7) orqali intervali
0,1 mm. ga teng bo‘lgan (10) bo‘linmali qo‘shimcha shkalaga ega bo‘lgan
qo‘zg‘almas diskka (8) proyeksiyalaydi, undan keyin, qadami 0,1 mm. ga teng (11)
o‘ramli spiral va bo‘linmalari qiymati 0,001 mm. ga teng aylanma shkalaga ega
bo‘lgan buriladigan disk (10) ning yon qismiga tushadi.
Binobarin, okulyar (11) orqali operator intervali 1 mm li asosiy shkala (1),
intervali 0,1 mm li qo‘zg‘almas shkala (2) va bolinmalarining qiymati 0,001 mm
ga teng doiraviy aylanuvchi shkala (3) larning qo‘shma yassi tasvirini kuzatadi
(64e - rasm). O‘lcham qiymatini o‘qish uchun bo‘linma qiymati 0,001 mm ga teng
bo‘lgan shkala (3) spiralining oralig‘i asosiy shkala (1) bo‘linma chizig‘iga to‘g‘ri
kelguncha aylantiriladi va asosiy shkala bo‘yicha qiymatning butun qismi mm
hisobida, shkala (2) dan o‘nli va shkala (3) dan yuzli va mingli qismlari o‘qiladi.
Uzunlik o‘lchagichlari o‘rnatilgan ustunlar konstruksiyasiga qarab, vertikal (64-
rasm,
b
) va gorizontal (64-rasm,
d
) bo‘ladi.
Vertikal uzunlik o‘lchagichi
(64-rasm,
b
) uchida uchligi (4) bor pinol (5)
o‘rnatilganda vertikal ustun (13) bo‘yicha siljiydigan kronshteyn (12) da
o‘rnatilgan.
Uzunlik o‘lchagichlar shkalasi bor pinolni ravon tushishini ta’minlovchi
dempferlash
(tormozlash)
qurilmasi
(14)
bilan
jihozlanadi.
Uzunlik
o‘lchagichlarini ko‘rsatish ko‘lami 100 mm, qo‘shimcha uch uzunlik o‘lchovlari
qo‘llanganda o‘lchash ko‘lami 250 mm gacha bo‘ladi.
Gorizontal uzunlik o‘lchagichi
(64-rasm,
d
), umuman olganda, gorizontal
optimetrga o‘xshash. Stanina (1) da joylashgan babka (2) da uzunlik o‘lchagichi,
109
chap babka (4) da esa pinol o‘rnatilgan. Asbobning stoli (6) gorizontal va vertikal
tekisliklarda harakatlanishi mumkin. O‘lchash natijasini o‘qib olish yuqorida
ko‘rsatilgandek. Ko‘rsatish ko‘lami 100 mm, o‘lchash ko‘lami 500 mm gacha.
Asbobda 13,5 mm dan 400 mm gacha bo‘lgan ichki o‘lchamlarni o‘lchash
mumkin, ichki diametrlarni esa 13,5 dan 150 mm gacha. Bundan tashqari, asbob
ichki o‘lchashlarda qo‘llanuvchi kontaktli elektron indikatori bilan jihozlanadi.
64-rasm. Optikuzunlik o‘lchagichi:
a
– sxemasi;
b
– vertikal uzunlik o‘lchagichi;
d
– gorizontal uzunlik o‘lchagichi;
e
– spiralmikroskop ko‘rinishi 73,267 mm;
f
– proyeksion ko‘rsatishi 6,528 mm.
Dostları ilə paylaş: |