Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
3.7. Prujinali o‘lchash kallaklari
Prujinali o‘lchash kallaklari
- uzatish mexanizmi sifatida yassi yoki 
buralgan prujina va uning elastikligidan foydalanuvchi asboblardir. Prujinali 
kallaklarda qalinligi 0,004 - 0,008 mm, eni 0,08 - 0,12 mm bo‘lgan bronza 


99 
tasmachalar qo‘llanadi. U ikki uchi qo‘zg‘almas holda bo‘lib, o‘rtasidan eshiladi. 
O‘rta eshilgan, qismiga shisha mil kavsharlanadi. 
Prujina mexanizmi asosida, asosan, to‘rt xil o‘lchash kallaklari ishlab 
chiqariladi: 
- prujinali kallaklar (mikrokatorlar); 
- prujina-optik o‘lchash kallaklari (optikatorlar); 
- prujinali kichik o‘lchamli kallaklar (mikatorlar); 
- pishang-prujinali o‘lchash kallaklari (minikatorlar). 
 
Mikrokator
(56-rasm) o‘lchash tayoqchasi (1), prujinali burchak (11), 
prujina (spiral tasma) (10), shkala (8), shisha mil (7), konsol prujina (6), prujina 
(12) ni tortadigan moslama (5), mil (7) ni nolga qo‘yishda prujina (10) uchini 
siljituvchi murvat (4), o‘lchash kuehini yaratuvchi prujina (2), o‘lchash tayoqchasi 
(1) ning yurishini cheklagichlar (3) va tayoqchani osish uchun yassi prujina (13) 
dan tarkib topgan. 
 
56-rasm. Prujinali o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi; 
b
– umumiy ko‘rinishi. 


100 
Tayoqcha siljiganda, burchak buriladi va prujinaning o‘qi bo‘yicha bo‘lgan 
taranglik o‘zgaradi. O‘q bo‘yicha yo‘nalgan cho‘zilish yoki siqilish natijasida 
prujinaning o‘rta qismi mil bilan birga buriladi va shkala bo‘yicha o‘lchash 
uchligining siljishini o‘qish mumkin. Mikrokator mexanizmi ichida dempferlovchi 
suyuqlik joylashtirilgan naycha shaklidagi dempferlovchi qurilma ko‘zda tutilgan. 
Mikrokator tayanch ustunga diametri 28 mm bo‘lgan silindr bo‘yicha o‘rnatiladi. 
Bo‘linmalarining qiymati 0,01 mm dan 0,0001 mm gacha bo‘lgan 
mikrokatorlar chiqariladi. Odatda, shkalalari ±20, ±30 yoki ±40 bo‘linmali bo‘ladi.
 
Optikator
- uzatish mexanizmi buralgan tasma shaklida, ko‘rsatkichi esa 
shu’la fonida ingichka chiziq shaklida bajarilgan prujinali o‘lchash kallagidir. 
Optikatorni mikrokatordan farqi shundaki, optikatorning (57-rasm) buralgan 
tasmasida mil o‘rniga o‘lchamlari 1,5x1x5x0,1 mm ga teng bo‘lgan miniatyur 
ko‘zgucha (6) o‘rnatilgan. Ko‘zguchaga chiroq (5) dan kondensor (4), 
to‘g‘riburchakli to‘rtburchak diafragma (3) va obyektiv (2) orqali yorug‘lik oqimi 
yo‘naltirilgan. 
57-rasm. Prujina-optik o‘lchash kallagi: 
a
– sxemasi; 
b
– umumiy ko‘rinishi.


101 
 
Mikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan
qo‘shiluvchi silindri esa 8 mm ga teng (mikrokator va optikatorlarda 28 mm) 
bo‘lgan prujinali o‘lchash kallagidir (58-rasm). Mikatorning prinsipial sxemasi 
mikrokator sxemasi bilan bir xil. Mikatorni mikrokator va optikatordan farqi 
shundaki, uni o‘lchash tayoqchasi soqqali yo‘naltiruvchilarda o‘matilgan. 
Mikatorlar bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm; 0,0005 mm; 0,001 mm va 0,002 
mm ga teng, ko‘rsatish ko‘lami esa 0,02 mm; 0,05 mm; 0,1 mm va 0,2 mm ga teng 
chiqariladi.
58-rasm. Prujinali kichik gabaritli o‘lchash kallagi (mikator). 
Minikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan, 
uzatish esa tasmaning bir uchidagi pishang yordamida amalga oshirilgan prujinali 
o‘lchash kallagidir. Pishangning ikkinchi uchida o‘lchash uchligi joylashgan. 
Minikator (59-rasm) yon harakatli (pishang-tishli indikatorga o‘xshab) prujinali 
kallaklar soniga kiradi, ya’ni u tepishlar yoki boshqa o‘lchamlar tebranishlarini 
ta’riflovchi 
parametrlarni 
o‘lchash 
uchun 
mo‘ljallangan. 
Minikator 
konstruksiyasida pishangli uzatma shunday qilinganki, o‘lchash uchligi (1) 
joylashgan pishangning bir qismi korpus (2) ga nisbatan har xil burchak ostida 
o‘rnatilishi mumkin. O‘lchash uchligi korpusga nisbatan qiya o‘rnatilishi kerak 
bo‘lsa, uchlik bir oz burab bo‘shatiladi, keyin kerakli burchakka buriladi va yana 
mahkamlab qo‘yiladi. O‘lchasl chizig‘i yo‘nalishini o‘zgartirish uchun o‘zgartkich 
o‘rnatilgan. 


102 
59-rasm. Pishang prujinali o‘lchash kallagi (minikator). 
Minikator bo‘linmalari 0,001 mm ga teng qilib chiqariladi, lekin uzunroq 
almashinuvchi uchliklar (1) bilan jihozlanadi. Shuning hisobiga kallak 
bo‘linmalarining qiymati 0,002 mm ga aylanadi. Kallak shkalasida ±80 (± 40) 
bo‘linma bor. Kalta uchlik (30 mm) ishlatilganda o‘lchash kuchi 20 sN dan, uzuni 
(72 mm) ishlatilganda esa 10 sN dan oshmaydi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin